Sanoat namunasi
Sanoat namunalariga buyumning tashqi ko‘rinishini belgilaydigan uning badiiy-konstruktorlik echimi taalluqlidir. Buyum deganda sanoat yoki hunarmandchilik ishlab chiqarilishidagi istalgan buyum, xususan tarkiblardan tuzilgan buyum, tarkiblardan tuzilgan buyumni yig‘ish uchun mustaqil komponentlar tushuniladi.
Sanoat namunasi sifatida talabnoma berilgan ob’ektga, agar u yangi va original bo‘lsa Agentlik tomonidan ro‘yxatga olinib patent beriladi va huquqiy muhofaza qilinadi.
Talabnomaga quyidagilar ilova qilinishi lozim
O‘zbekiston Respublikasi patentini berish to‘g‘risida sanoat namunasining muallifi (hammualliflari) va nomiga patent so‘ralayotgan shaxs, shuningdek, ularning yashash joylari va turar joylari ko‘rsatilgan ariza;
buyum, maket yoki rasmni aks ettirgan, buyumning tashqi ko‘rinishi haqida to‘liq atroflicha tasavvur beradigan tasvirlar jamlamasi (buyumning tasviri fotosuratlar yoki boshqa ko‘rinishda taqdim etilishi, shu jumladan kompьyuter grafikasi vositasida bajarilgan bo‘lishi mumkin);
sanoat namunasining muhim alomatlar majmuini o‘z ichiga olgan tavsifi;
buyumning umumiy ko‘rinishining chizmasi, ergonomik sxemasi, konfektsion kartasi, agar ular sanoat namunasining mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lsa;
Patent olish uchun topshirilgan talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjat yoki patent bojini to‘lashdan ozod qilish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi.
Davlat boji:
Talabnoma berganlik uchun, patent berishga, rasmiy ekspertiza o‘tkazishga va ma’lumotlarni e’lon qilishga talabnoma berish bitta ixtiroga - BHMning 1 baravari.
Rasmiy ekspertiza:
Talabnoma topshirilgan sanadan boshlab 2 oy o‘tgandan keyin Agentlik tomonidan o‘tkaziladi.
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish:
Sanoat mulki ob’ektiga patent berish ob’ekt ro‘yxatga olinganligi haqidagi ma’lumotlar rasmiy axborotnomada e’lon qilingan sanadan e’tiboran 10 kun o‘tganidan keyin Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha
Intelektual mulk agentligi portali
Foydali modelga iltimosnoma namunasi
O‘zgartirish(lar) kiritish ariza namunasi
Tuzatish(lar)ni kiritish uchun ariza namunasi
Talabnoma beruvchini o‘zgartirish uchun ariza namunasi