Biznesni boshlash uchun amalga oshirish zarur bo‘lgan harakatlar





Tadbirkorlik – o‘z mulki bilan tavakkalchilik asosida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish kerak.



Tadbirkor lik bilan yuridik shaxs tashkil etib yoki tashkil etmasdan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish usullari:


mustaqil ravishda Tizim orqali;
Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelgan holda.


Yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlari
yakka tartibdagi tadbirkor;
oilaviy tadbirkorlik;
dehqon xo‘jaligi.




Yuridik shaxs sifatidagi tadbirkorlik sub’ektlari
Mas’uliyati cheklangan jamiyati;
Aktsiyadorlik jamiyati;
Xususiy korxona;
Oilaviy korxona;
Fermer xo‘jaligi;
Dehqon xo‘jaligi.




Ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik mavjud.