Ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish talab etiladi. Ro‘yxat bilan tanishish uchun havolaga o‘ting.
Faoliyat turiga qarab litsenziyani olish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish:
litsenziyalovchi or gan tomonidan 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda;
sud tomonidan 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishi to‘xtatiladigan holatlar:
litsenziya talablari va shartlari buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chiqargan qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.