Millatning muhim boyligi — xalqning ma’naviy qiyofasidir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Davlatning qadr-qimmati oxir-oqibat uni tashkil qilgan shaxslar qadr-qimmatiga bog‘liq.
J. MILL
Hayotdan uzib olpngan axloq har qanday axloqiy mohiyatni yo‘qotgan hayot yanglig axloqsizdir.
V. G. PLEXANOV
Taraqqiyotning chinakam belgisi — boylik yoki ta’lim darajasi emas, shaharning kattaligi emas, hosilning mo‘l-ko‘lligi ham emas, balki shu o‘lka bag‘rida tarbiya topgan inson qiyofasidir.
R. EMERSON
Odamlarga inson tabiati, tajribasi, idrokiga asoslangan insoniy axloq kerak.
K. GELVESIY
Tabiat inson qo‘liga qurol — intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi.
ARASTU
Inson uchun xizmat qilmagan tafakkur nihoyatda dahshatlidir.
SOFOKL
Madaniy vahshiylik — barcha vahshiyliklardan yomonroqdir.
K. VEBER
Sivilizatsiya so‘ziniig tom ma’nosi ehtiyojlarning kuchayishi emas, balki o‘z xohishlarini ixtiyoriy va yaxshi o‘ylagan holda tiyishdan iboratdir.
M. GANDI
Yaxshi kishilar yuksak axloqiy yetuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar.
F. M. DOSTOEVSKIY
Insonning axloqiy tabiati uning jismoniy tabiatidan shu bilan ajralib turadiki, unda hech qanday absolyutlik yo‘q: yurish-turish biron-bir hodisa tufayli yuzaga chiqadigan xarakterlar yoki g‘oyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘ladi.
O.BALZAK
Donoga aqlsiz barcha axloqiy qoidalar behudadir.
N. I. PIROGOV
Avvalo yaxshi axloqni, keyin donishmandlikni o‘rgan, chunki axloqli bo‘lmay turib, donishmand bo‘lish amri mahol.
SENEKA
Vaqt, mehnat, halollik, bilim, o‘zni qo‘lga ola bilish, kishining jismoniy, aqliy va axloqiy qudrati — har qanday boylikning sababchisi mana shulardir.
K. D. UShINSKIY
Kishi o‘zini yaxshilik haqidagi va’zga emas, ezgu ishlar va fazilalarga o‘rgatmog‘i kerak.
DEMOKRIT
Inson qanday bo‘lishi haqida qachongacha jar solish mumkin, inson bo‘lish vaqti ham kelgandir.
MARK AVRELIY
Olijanoblik qanday bo‘lishini bilish uchun emas, balki yaxshi inson bo‘lish maqsadida fikr yuritishimiz lozim.
ARASTU
Olijanoblik haqida muhokama yurgizish, bu hali olijanoblikni bildirmaydi, xuddi shuningdek, odillik haqida o‘ylashning o‘zi ham amalda odil bo‘lish degan gap emas.
ARASTU
Axloqli kishi hatto o‘z hayotidan ayrilgan taqdirida ham do‘stlari va vatani uchun ko‘p ishlarni qiladi.
ARASTU
Axloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi.
ARASTU
Jinoiy xohishlar — bu badbaxtlikdir. Nopoklik bilan nimanidir qo‘lga kiritganingdan ko‘ra, istaganingga yetisholmaganing ham tuzuk.
SISERON
Bir o‘zing xoli qolganda ham badxoh ishga qo‘l urma, yomon so‘z aytma. Boshqalarga qaraganda o‘z-o‘zingdan ko‘proq istihola qilishni o‘rgan.
DEMOKRIT
Uyatli ish qiluvchi avvalo o‘zidan uyalishi kerak.
DEMOKRIT
Insonning ma’naviy qiyofasi haqida hukm chiqarganda uning ayrim jonbozliklarini emas, kundalik hayotini hisobga olish darkor.
B. PASKAL
Ma’naviylik fe’l-atvorda mujassam bo‘lmog‘i kerak.
I. KANT
Qayerda ulug‘vor ma’naviy qiyofa bo‘lmasa, u yerda ulug‘ odam ham yo‘q.
R. ROLLAN
Kishi qanchalik aqliy va axloqiy kamol topgan bo‘lsa, u o‘zini shuchalik ozod his qiladi, unga hayot shunchalik kulib boqadi.
A. P. ChEXOV
O‘rinli, axloqli va adolatli yashamay turib, yaxshi umr kechirib bo‘lmaydi va aksincha, yaxshi umr kechirmay turib, o‘rinli, axloqli va adolatli yashab bo‘lmaydi.
EPIKUR
Aqliy halovatga axloqiy fazilatlar tufayli erishiladi.
D. I. PISAREV
Inson axloqsizlikdan huzur-halovat topishi mumkin emas; faqat axloq va yaxshilik bilangina u oliy huzur-halovatga yetishadi.
A. I. GERSEN
Idroklilik va axloqiylik hamisha bir-biriga muvofiq keladi.
L. N. TOLSTOY
Nimaki go‘zal ekan — u axloqiydir.
G. FLOBER
Axloqli inson Anteyning aksidir: u jismi yerga tekkanda emas, balki erishib bo‘lmas darajada tuyulgan olis samodagi idealga ko‘z tikib kuchga to‘ladi.