Insonparvar kishining yurish-turishidan ko‘rinib turuvchi axloqiy odob mavjudki, bunday odob tajang odamda bo‘lmaydi.
D. DIDRO
Biz o‘zimizda boodoblik tuyg‘usini rivojlantirmog‘imiz kerak, aks holda, kishilar hurmatini qozonib olgach, uni tezda boy berib qo‘yishimiz ham mumkin. Bu saboq kishiga nihoyatda qimmatga tushadi va afsuski, o‘z avlodini ham bu og‘ir qarzdan qutqarolmaydi.
I. GYoTE
Boodoblik yordamida hattoki kuch bylan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabaga ham erishish mumkin.
J. LEBBOK
Olijanob bo‘lishning o‘zi kifoya emas, boodoblik ham zarur.
A. AMIEL
Hayotda muvaffaqiyat qozonish uchun iste’dodlilikdan ko‘ra kishilar bilan xushmuomalada bo‘lish ko‘proq muhimdir.
J. LEBBOK
Modomiki bir-ikki og‘iz shirin so‘z odamni baxtiyor etsa, shuni qizg‘angan odam ablahdir.
T.PEN
Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatliligidan nishona.
O. BALZAK
Xushmuomalalikka haq to‘lanmasa ham u ko‘p naf keltiradi.
M. MONTEGYu
Tasviriy san’at asarlarini yaxshi ko‘rinsin uchun bajonidil yorug‘ joyga qo‘yamiz, odamlar bilan ham xuddi shunday xushmuomalada bo‘lishimiz kerak.
R. EMERSON
Qo‘pollikni hech qanday bahona oqlay olmaydi.
T. G. ShEVChENKO
Kishilarning xushmuomala bo‘lishlari uchun umrlari bemalol yetadi.
R. EMERSON
Hushmuomalani qizg‘anma, mayli oshirib yubor.
M. SERVANTES
Hamma bilan xushmuomalada bo‘l, ko‘pchilikka inoqlash, faqat ayrimlar bilangina rasmiy muomala qil.
V. FRANKLIN
Barchaga iltifotli bo‘lu,ammo takallufsizlik qilma.
V. ShEKSPIR
Kechirim so‘raganda ham haqorat qilgandagidek oshirib yubormang.
V. ShEKSPIR
Xushmuomalalik ham agar pisanda qilinsa, haqoratga aylanadi.
B. GRASIAN
Kimki yoqimtoy bo‘lishni istasa, xuddi shu yoqimtoy bo‘lishni istagani uchun ham doimo yoqimsiz ko‘rinadi.
Ye. B. VAXTANGOV
Ortiqcha iltifot haddan tashqari bachkana ko‘rinadi.
MARK TVEN
Beodoblik — alohida bir illat emas, balki kuruq manmanlik, burch tuyg‘usining yo‘qligi, tanballik, bema’nilik, xayolparishonlik, dimog‘dorlik, xasad singari ko‘pgipa illatlarning oqibatidir.
J. LABRUER
Eng og‘ir haqorat sendan hech bir yomonlik ko‘rmagan kishining haqoratidir.
ABUL FAROJ
Sizga munofiqlik qilishini sira kutmagan odamingizning xafa qilishiga ayniqsa chidash qiyin.
EZOP
Oshkora etilmaydigan tuyg‘ularimizdan biri ayniqsa nafratdir.
A. RIVAROL
Nafrat — razillikni, ba’zan aqli zaiflikni yashiruvchi niqobdir; nafrat saxovat, aql va odamlarni tushunish xislati yetishmasligining belgisidir.
A. DOBE
Ko‘pincha jahlga nisbatan nafratni yashirgan yaxshiroq: xafagarchilik unutilishi mumkin, biroq nafrat esa hech qachon kechirilmaydi.
F. ChESTERFILD
Sharttakilik, dag‘allik, betga choparlik — shunday nuqsonlarki, hatto ulardan ba’zi oqil odamlar ham mustasno emas.
J. LABRUER
Surbetlik ataylab qilingan xatti-harakat emas, balki xarakter nuqsonidir; tug‘ma nuqsondir.
J. LABRUER
Aksari yoshlar o‘zlarini dag‘al va qo‘pol tuta turib, buni yana tabiiy hol deb biladilar.
F. LAROShFUKO
Qo‘pollik o‘z qadr-qimmatini unutish demakdir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Fe’l-atvorda mo‘tadillik hamisha ezgulikdir.
T.PEN
Qo‘pollik — ruhiy qashshoqlik.
M. EBNER-EShENBAX
Qo‘pollik ham bukrilik kabi mayiblikdir.
M. GORKIY
Beodoblik — johillik urug‘i.
S. VATLER
Minnatdorchilik barcha yaxshiliklar ichida eng oddiysi bo‘lgani holda, ko‘rnamaklik esa barcha illatlar ichidagi eng yomon illatdir.
T. FULLER
Ko‘rnamak odamdan ham mudhishroq yana kim bo‘lishi mumkin?
V. ShEKSPIR
Minnatdorchilik — eng katta yaxshiliklarning biri. Ammo minnatdorchilik talab qilishdagi me’yor esa undan ham katta yaxshilikdir.
F. GEBBEL
Kilgan har bir saxovating uchun minnatdorchilik talab etish savdolashish degan so‘z.
A. DEKURSEL
Minnatdorchilik tashakkur bildirilayotgan kishining huquqi emas, balki minnatdorchilik aytayotgan odamning burchidir; minnatdorchilik talab qilish — ahmoqlik, minnatdor bo‘lmaslik esa tubanlikdir.
V. O. KLYuChEVSKIY
Senga qilingan yaxshilikni unutma, lekin o‘zing qilgan yaxshilikni unut.
PUBLILIY SIR
Agar kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan odamiga yaxshilik qilgan bo‘lsa, keyin bu ishini har qanday sharoitda ham eslab yurmasligi kerak.
J. LABRUER
Hammaga va har kimga gapirib yuriladigan yaxshilikni yaxshi ish deb bo‘lmaydi.
D. MUKERJI
Agar kishi ba’zan his-tuyg‘ularini jilovlay olmasa ham har qalay doimo tilini jilovlay olmog‘i kerak.
P. BUAST
So‘kinish odati kuchaygan sari beixtiyor yomon xatti-harakatlarga mayillik ham kuchaya boradi.
ARASTU
Agarda til har narsani valdirayversa, hamma o‘zini noqulay sezadi.
J. J. RUSSO
Shirin so‘zli shilgay dushmai po‘stini, Dag‘al so‘zli dushman qilar do‘stini.
SA’DIY
So‘z — shamol, haqoratli so‘z esa yelvizak kabi zararlidir.
V. ShEKSPIR
Yomon so‘z kuchli dalil bo‘lolmaydi.
V. O. KLYuChEVSKIY
Kuchlilik so‘kinishga muhtoj emas.
F. M. DOSTOEVSKIY
Shovqin-suron hech nimani isbotlamaydi. Tuxum qo‘ygan tovuq xuddi bir kichik sayyorani tuqqandek qaqillaydi.
MARK TVEN
Shovqin-suron uchun mayda odamlarni — nog‘orachilarni tanlaydilar.
G. LIXTENBERG
Kishini haqoratlash uchun ko‘p vaqt kerakmas, lekin uning foydasi ham oz.
D. I. PISAREV
O‘zgaga qilgan muruvvatingni do‘stga ham, dushmanga ham maqtama.
FIRDAVSIY
Yaxshilik qilgan emas, yaxshilik ko‘rgan gapirsin.
SENEKA
Bergan minnat qilmasin, olgan — gapirsin.
M. SERVANTES
Agar xayrli ish qilsam-da, bu ishim hammaga ayon bo‘lib qolsa, men bundan sevinmayman, o‘zimni jazolagandek his etaman.
N. ShAMFOR
Sen dunyoda ko‘rnamak odamlar borligidan ranjib yuribsan. Vijdoningdan so‘rachi, senga yaxshilik qilgan odamlarning bari ham o‘zingdan ro‘shnolik ko‘rganmi.
SENEKA
Ko‘rnamaklar taxmin qilganimizdan ko‘ra ancha oz, negaki, saxiylar ham o‘ylaganimizga qaraganda ancha kam.
Sh. SENT-EVREMON
Bizdan nimadir yaxshilik ko‘rgan odamimizni uchratsak, darhol uning minnatdorchilik bildirishini eslab qolamiz. Vaholanki, o‘zimiz minnatdorchilik bildirishimiz zarur bo‘lgan kishilarni ko‘rganimizda esa bu narsa xayolimizga ham kelmaydi.
I. GYoTE
Hammadan ham yaxshilikni tez unutadilar.
F. ShILLER
Deyarli hamma odamlar mayda-chuyda yaxshiliklarga shukrona bildiradilar, ko‘pchilik esa uncha arzimaydigan yaxshiliklardan minnatdor bo‘ladi, ammo hech haqiqiy yaxshilikning qadriga yetmaydi.
F. LAROShFUKO
Ko‘rnamaklikning birinchi odimi — yaxshilik qilgan odamning niyatipi sinchiklashdir.
P. BUAST
O‘ylamay qilingan gunoh uchun so‘kmaganlaridek, majbur bo‘lib qilingan yaxshilik uchun ham maqtash kerak emas.
YeVRIPID
Yaxshilikni darrov qaytaraman deyishning o‘zi ham ko‘rnamaklikdir.
F. LAROShFUKO
Yaxshilikka yarasha tashakkur bildira olish ham oson emas, buning uchun ko‘p kuch sarflash kerak.
J. LABRUER
Ko‘rnamakka iltifot ko‘rsatish — u qadar baxtsizlik emas, ammo qabih odamdan yordam so‘rash katta baxtsizlikdir.
F. LAROShFUKO
Nafratimizga uchragan kimsalarning yordamiga muhtoj bo‘lish og‘ir musibatdir.
QOBUS
ziyouz.uz