Kasallikni faqat uning nomiga qarab emas, balki bemorning o‘zini, uning a’zoyi badanini, organlarini, uning quvvatini davolash kerak.
M. Ya. MUDROV
Yaxshi shifokor ma’lum dardlarning davosini biladigan, agar o‘ziga noma’lum kasallik bo‘lsa, bemorga yordami tegadiganlarni chaqiradigan kishidir.
J. LABRUER
Davolovchi vrach tajribasi osha borgan sari gigiyenaning qudratini va dori-darmonning nisbatan zaifligini ko‘proq tushuna boshlaydi.
G. A. ZAXARIN
Ayrim dori-darmonlar dardning o‘zidan ko‘ra ham xavfliroqdir.
SENEKA
Kelajak — profilaktik meditsinaniki. Bu fan davolovchi meditsina bilan qo‘lni-qo‘lga berib, insoniyatga shak-shubhasiz foyda keltiradi.
N. I. PIROGOV
Darrov ta’sir qilmagan zaharning zahri baribir kamayib qolmaydi.
G. LESSING
Dono odam dardiga malham qidirib yurgandan ko‘ra kasallikni o‘ziga yo‘latmaydi.
TOMAS MOR
Eng yaxshi dori hordiq va nafsni tiyishdir.
B. FRANKLIN
Mehnat bilan me’yor — insonning eng sodiq shifokori mana shu: mehnat ishtahani ochadi, nafsni tiyish esa ishtahani suiiste’mol qilmaslikka garov bo‘ladi.
J. J. RUSSO
ziyouz.uz