Umid haqida

Inson hayotida eng ko‘p foyda beradigan narsa — umid.

A. F. VELTMAN


Hammamiz uchun nima mushtarak? — Umid; chunki odamning hech narsasi bo‘lmasa ham umidi bor.

FALES


Hatto juda keksayib qolgan odamlar ham umid bilan yashaydilar va o‘z ahvollarini yaxshilash uchun rejalar tuzadilar.

J. LEOPARDI


Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak.

SENEKA


Dard, o‘kinch, afsus, noumidlik — bular o‘tkinchi, qalbda ildiz otmaydigan musibatlardir; alamli tuyg‘ular ta’sirida baxtsizlikdan sira qutulmaymiz, deya o‘ylashimiz ham mutlaqo soxtaligi tajribadan bizga ma’lum.

J.J. RUSSO


Umid bilan istak o‘zaro bir-birini ta’qib qilib yuradi, biri soviganda ikkinchisi ham soviydi, biri alanga olgan paytda, keyingisi qaynab ketadi.

F. PETRARKA


Hamisha umid bilan yashamoq, hech qachon tugakunlikka berilmaslik chinakam mard odamning fazilatidir.

LUSIY FLOR


Umidsiz kishi langarsiz kema kabidir.

E. TELMAN


Umid tungi osmon monanddir: zo‘r berib tikilgan nigoh oqibat-natijada biron-bir go‘shadagi yulduzni topmasdan qolmaydi.

O.FELE


Tirik odam hali hech narsani yo‘qotmadim, desa bo‘ladi.

R. ROLLAN


Har qanday tumanda ham yo‘l topib yursa bo‘ladi. Eng muhimi dadillik bilan olg‘a borishdir.

R. ROLLAN


Har qancha og‘ir musibatlar ham aqlu idrok va vaqt ta’sirida malham topadi.

F. ROXAS


Hamma narsani boy berilgan taqdirda ham hali oldinda kelajak bor.

K. BOUVI


Hech qaysi tabib toliqqan vujud va azob chekkan qalb uchun umidchalik dori topib berolmaydi.

S. SVEYG


Umid, garchi aldoqchi bo‘lsa ham, harqalay, hayotimizni risoladagidek yakunlashimizga xizmat qiladi.

F. LAROFUShKO


Sevinchga umid bog‘lashning yetishib turgan farog‘atimizdan ozgina farqi bor.

V. ShEKSPIR


Baxtli kunlarni kutish ba’zan o‘sha kunlarning o‘zidan ancha yaxshiroq bo‘ladi.

K. G. PAUSTOVSKIY


Umid hech qachon odam to‘ymaydigan boylikdir.

L. VOVENARG


Umr bo‘yi bizga hamroh bo‘lgan umid hatto o‘lim to‘shagida ham bizni tark etmaydi.

A. POP


Hatto qabr yoqasida ham umid yashaydi.

I. GYoTE


Diling kuymasin, noumidlik bilan

Yorug‘ kun tug‘ilgay qaro kechadan

SA’DIY


Umid yurak yorilib ketmasligi uchun qalqondir.

T.FULLER


Umid tugagan joy huvillab qoladi.

LEONARDO DA VINChI


ziyouz.uz