Buning uchun to‘plam sahifasiga kirib, "Xarid qilish" tugmasini bosish kerak. Shundan so‘ng, o‘z raqami va bir martalik parolni kiritishi kerak. Bir martalik parol *233# raqamiga USSD-so‘rov yuborish yo‘li bilan qabul qilinadi. Shunda, xizmatni faollashtirish narxi abonent hisobidan yechiladi va keltirilgan tavsiflar asosida amal qiladi. Bir martalik parolning amal qilish davri 10 daqiqani tashkil etadi.
Ushbu xizmat haqi oldindan to‘lanuvchi tizim (Prepaid) abonentlari uchun amal qiladi.
To‘plamlar | Berilgan trafik hajmi, MB | Narxi, so‘m | To‘plamga ulanish USSD so‘rovi | MB amal qilish muddati | |
To‘plam 1 | 1024 | 8 900 | *555*3*1*1# | 31 kun | |
To‘plam 1.5 | 1536 | 13 000 | *555*3*2*1# | ||
To‘plam 2 | 2048 | 15 000 | *555*3*3*1# | ||
To‘plam 4 | 4096 | 25 000 | *555*3*4*1# | ||
To‘plam 7 | 7168 | 35 000 | *555*3*5*1# | ||
To‘plam 10 | 10240 | 45 000 | *555*3*6*1# | ||
To‘plam 13 | 13312 | 55 000 | *555*3*7*1# | ||
To‘plam 20 | 20480 | 65 000 | *555*3*8*1# | ||
To‘plam 30 | 30720 | 75 000 | *555*3*9*1# | ||
To‘plam 50 | 51200 | 85 000 | *555*3*11*1# | ||
To‘plam 80 | 81920 | 115 000 | *555*3*12*1# | ||
To‘plam 90 | 92160 | 135 000 | *555*3*13*1# | ||
To‘plam 135 | 138240 | 188 000 | *555*3*14*1# |
2018-yilning 7-noyabridan “Oylik internet-to‘plamlar”ni faollashtirishda abonentlar “To‘plam + 1 GB” opsiyasini tanlashlari mumkin. Ushbu opsiya xarid qilingan “Oylik internet-to‘plam” to‘liq tugaganidan so‘ng asosiy hisobdan mablag‘ sarflanishini oldini oladi. To‘plamga kiritilgan trafik tugaganidan so‘ng, qo‘shimcha “To‘plam 1 GB” belgilanadi. Qo‘shimcha “To‘plam 1 GB” muvaffaqiyatli faollashtirilganida (to‘plam xarid qilish uchun hisobda yetarlicha mablag‘ bo‘lsa) internetdan foydalanishda MBlar xarid qilingan 1 GB internet-to‘plam hisobidan yechiladi. Agar to‘plam muvaffaqiyatli faollashtirilmasa, internetdan foydalanishda mablag‘ asosiy hisobdan yechiladi.
Qo‘shimcha “To‘plam 1 GB” narxi – 8 900 so‘m.
Mazkur mablag‘ miqdori faqat quyidagi shartlarga rioya qilishda yechiladi:
- “To‘plam + 1 GB” opsiyasini faollashtirish;
- Xarid qilingan “Oylik internet-to‘plam”da internet-trafikni to‘liq sarflash;
- Faollashtirilgan avtomatik belgilanish funksiyasi.
Endi sizda oylik internet-to‘plamlardan birini sotib olishni oldindan rejalashtirish imkoni mavjud.
Faollashtirish: *555*5#
Faollashtirish shartlari
Faollashtirish uchun:
- USSD-so‘rov yuboring: *555*5#;
- Kerakli trafik hajmini tanlang;
- Ulatish kuni, oyi va yilini kiriting (masalan: 31122018);
- Qabul qiling va xaridingizni tasdiqlang.
"Taqvimiy internet-to‘plamlar" samarali belgilanganidan so‘ng tarif rejasi almashtirilgan taqdirda, yangi internet-to‘plam amaldagi tarif rejasi shartlariga muvofiq belgilanadi.
Oylik internet-to‘plamni faollashtirish faqat abonent xizmatning belgilanganligi to‘g‘risida SMS-xabar olgan paytda amalga oshiriladi. Agar sizga SMS-xabar kelmagan bo‘lsa, unda xizmatning holatini tekshirish uchun *555*3*10*2# USSD-so‘rovidan foydalanishni tavsiya etamiz. Agar xizmat yoqilmagan bo‘lsa, internet tarif rejangizga muvofiq narxlanadi. Bunday hollarda Kompaniya ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qayta hisob-kitob qilmaydi.
“Doimiy”, “Sof” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishda 26.07.2022-y.dan quyidagi shartlar amal qiladi:
“Doimiy”, “Sof” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishdan oldin faollashtirilgan internet-trafik limiti qoldig‘ining muddati “Doimiy”, “Sof” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tgandan so‘ng “Qadrdonlar!” sodiqlik dasturi bo‘yicha “Yangi oylik internet to‘plamlari” faollashtirilganda uzaytirilmaydi.
Agar abonentda ‘Doimiy”, “Sof” TT va “Ovoz 15”, “Internet 60”, “Start 10” tarif rejalariga o‘tishdan oldin faollashtirilgan internet-to‘plam mavjud bo‘lsa, u holda uning shartlari toki internet-to‘plamni mustaqil o‘chirmaguncha, o‘z ixtiyoriga ko‘ra «Yangi oylik internet to‘plamlari»ni faollashtirmaguncha yoki «Qadrdonlar!» sodiqlik dasturi bo‘yicha yangi internet-to‘plam faollashtirmaguncha saqlanib turadi.