O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?
O‘zbekistonda ish topish uchun qanday platformalar bor?
So‘nggi vaqtlarda deyarli barcha ishlar internet orqali amalga oshirilmoqda. Endilikda siz ko‘chaga chiqib, har xil e’lon doskalarini topib, ish qidirib yurishingiz shart emas.
Turli sohalar bo’yicha vakansiyalar va ishlar platformalarga doimiy ravishda joylab borilmoqda. Quyida siz eng ishonchli platforma va telegram kanallar bilan tanishib chiqib, ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
1️⃣. https://it-market.uz/
IT-kompaniyalar o’z kompaniya porfoliosini va vakansiya joylashtirishlari hamda IT-sohasidagi buyurtmalarining ijrochisi bo’lishlari, IT-mutaxassislar o’z rezyumelarini yuklashlari va o’zlariga mos ishni topishlari mumkin.
2️⃣. https://vacancy.argos.uz/
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali.
3️⃣. https://jobo.uz/
Orzungizdagi ish va kompaniyangiz rivojiga hissa qoʻshuvchi xodimni topishga yordam beradi.
Jobo.uz – minglab vakansiyalar bir yerda!
4️⃣. https://tashkent.hh.uz/
Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat bozori yangiliklari, ekspertlar tahlillari va boshqalar!
5️⃣. https://uzjobs.uz
UzJobs – O‘zbekistondagi birinchi ish qidirish va ishga yollash saytlaridan biri. 19 yillik barqaror ish davomida UzJobs “Toshkent va O‘zbekistondagi ish o‘rinlari, rezyumelar, bo‘sh ish o‘rinlari” turkumidagi eng mashhur onlayn resursga aylangan.
Platformaning asosiy maqsadi mutaxassislarga ish topish va o‘qitishda, kompaniyalarga esa malakali ishchi kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishda yordam berishdan iborat.
6️⃣. https://flagma.uz/ru/vacancies/
Platforma vazifasi – har bir mijoz biznes va hayotda foydalanishi mumkin bo‘lgan qulay xizmatlar, vositalar va vakansiyalarni yaratishdir.
7️⃣. https://imirjobs.uz/
IMIR JOBS – xalqaro mehnat, ish joylari bilan ta’minlash va ish beruvchilar uchun xodimlarni saralash agentligi 2016-yilda tashkil topgan.
IMIR JOBS ish joylari bilan ta’minlash va xodimlarni saralab olish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi o‘zbek kompaniyalari orasida barqaror yetakchi o‘rinni egallagan agentlik hisoblanadi.
8️⃣. LinkedIn.com
LinkedIn – raqamli soha vakillari uchun ideal platforma. Hozirda dunyo bo‘ylab 65 milliondan ortiq mutaxassis o‘zlarining shaxsiy brend va bizneslarini rivojlantirish uchun aynan shu platformadan foydalanadi.
Platforma vakansiya berish uchun mukammal joy bo‘lib, siz har qanday kasb uchun vakansiya berishingiz mumkin. LinkedIn orqali siz xalqaro yuqori o‘rindagi kompaniyalarga ham hujjat topshirsangiz bo‘ladi.
9️⃣. https://www.norma.uz/uz/vacancy/
NORMA kompaniyasi Oʻzbekiston elektron mahsulotlar bozorida 1999-yildan beri faoliyat yuritadi, oʻzbek va rus tillarida huquqiy va iqtisodiy mavzularda elektron axborot qidiruv tizimlarini, kartografik asosda elektron maʼlumotnomalar, turli xil vakansiyalar taqdim etishga ixtisoslashgan.
🔟. http://smartstaff.uz/
Platformaning asosiy vazifasi mijozga inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishda zarur biznes yechimlari va tirik tizimlarni taqdim etishdan iborat.