Payg‘ambarlar ismlari
Payg‘ambarlar ismlari
( آدم ) Odam alayhissalom Ma’nosi: Yer, tuproq. Ingliz tilida: Adam
( نوح ) Nuh alayhissalom Ma’nosi: Hodiy – hidoyatga chaqiruvchi. Ingliz tilida: Noah
( إدريس ) Idris alayhissalom (Birinchi bo‘lib qalam bilan yozganlar. Alloh taolo bu zotni to‘rtinchi osmonga ko‘tarib qo‘ygan) Ma’nosi: Asos soluvchi va bag‘ishlovchi Ingliz tilida: Enoch
( هود ) Hud alayhissalom Ma’nosi: Rafiq – do‘st. To‘rt arab payg‘ambar: Hud, Solih, Shuayb, Muhammad alayhissolatu vassalomlarning biri. Ingliz tilida: Heber
( صالح ) Solih alayhissalom Ma’nosi: Solih – salohiyatli Ingliz tilida: Shelah
( لوط ) Lut alayhissalom Ma’nosi: Berkinuvchi, yashirinuvchi Ingliz tilida: Lot
( إبراهيم ) Ibrohim alayhissalom Ma’nosi: Ummatlar otasi. Ingliz tilida: Abraham
( إسرائيل ) Isroil alayhissalom Ma’nosi: Alloh yo‘lida qattiq jiddi jahd qiluvchi, Muhofaza qiluvchi Ingliz tilida: Israel Ibroniycha ismi:(ياعقوبي) yoki (يعقوب). Ma’nosi: Ergashuvchi, o‘rinbosar bo‘luvchi.
( إسحق ) Is’hoq alayhissalom Ma’nosi: Kuluvchi, hushchaqchaq. Farishtalar onasi Soraga xursandchilik xabarini berganlarida hayratda qolganidan qo‘lini yuziga qo‘yib kulib yubordi. Farzandli bo‘lganida bu farzandim xabari kelganida kulgan edim, shuning uchun uni Is’hoq deb nomlagum dedi. Ismoil alayhissalomga ota bir, ona boshqa ini. Ingliz tilida: Isaac
( إسمعيل ) Ismoil alayhissalom Ma’nosi: Alloh qabul qildi. Hojar ona Safo va Marva orasida chanqog‘ini bosish uchun suv izlab borib kelardi. Olti marotaba borib keldi. Suv topa olmadi. Yettinchi martada Alloh uning duosini ijobat qildi. Shunda:«Alloh duoyimni qabul qildi», dedi. Shukr tariqasida ham duoyu fig‘onining qabul bo‘lganidan esdalik bo‘lib qolishi uchun farzandini Ismoil – Alloh qabul qildi deb nomladi. Ingliz tilida: Ishmael
( يوسف ) Yusuf alayhissalom Karimning o‘g‘li Karimning o‘g‘li Karimning o‘g‘li Karim. Yusuf ibn Yaqub ibn Is’hoq ibn Ibrohim alayhimussalom Ma’nosi: Alloh ziyoda qiladi. Haqiqatda qo‘yilgan ismdan sohibiga nasiba bo‘ladi deganlaridek, Alloh Yusuf alayhssalomning chiroyini va boshqa yaxshiliklarini ziyoda qilib berdi. Payg‘ambarimiz unga butun go‘zallikning yarmi berilgan deganlar. Ingliz tilida: Joseph
( يونس ) Yunus alayhissalom. Iroqdagi Naynavo ahliga payg‘ambar etib yuborilgan. Baliq qornida uch kechayu uch kunduz qolib ketgan. Ma’nosi: Kabutar. Ingliz tilida: Jonah
( أيوب ) Ayyub alayhissalom Ma’nosi: To‘g‘ri yo‘lda yuruvchi. Ingliz tilida: Job
( شعيب ) Shuayb alayhissalom Ma’nosi: Ustun bo‘luvchi, ajralib turuvchi. Ingliz tilida: Jethro
( موسى ) Muso alayhissalom Ma’nosi: Qutqaruvchi, xaloskor. Ingliz tilida: Moses
( هارون ) Horun alayhissalom Ma’nosi: quvvat joyi. Ingliz tilida: Aaron
( إلياس ) Ilyos alayhissalom Ma’nosi: Robb – mening Ilohim. Ingliz tilida: Elijah
( اليسع ) Alyasa’ alayhissalom Ma’nosi: Parvardigor – mening xaloskorim. Ingliz tilida: Elisha
( ذي الكفل ) Zulkifl alayhissalom Ma’nosi: Allohning quvvati. Ingliz tilida: Ezekiel
( داوود ) Dovud alayhissalom Ma’nosi: Mahbub, suyukli. Ingliz tilida: David
( سليمان ) Sulaymon alayhissalom Ma’nosi: Salom beruvchi. Ingliz tilida: Solomon
( عزير ) Uzayr alayhissalom Ma’nosi: Yordamlashuvchi. Ingliz tilida: Ezra.
( دانيال ) Doniyol alayhissalom Ma’nosi: Allohning qazosi, ya’ni hukmi. Ingliz tilida: Daniel
( زكريا ) Zakariyo alayhissalom Ma’nosi: Allohning zikri, ya’ni zikr etuvchi. Ingliz tilida: Zachariah
( يحيى ) Yahyo alayhissalom Ma’nosi: Mehribon, yoqimli. Ingliz tilida: John
( عيسى ) Iso alayhissalom Ma’nosi: Alloh xalos etadi, qutqaradi. Ingliz tilida: Jesus
( محمد ) Muhammad sollallohu alayhi vasallam Ma’nosi: To‘xtovsiz maqtaluvchi. Ingliz tilida: Mohammad
O‘rinboyev Ravshan Andijon shaxar, Xazrati Bilol jome masjidi imom xatibi.
Manba: siyrat.uz