Siydik tuta olmaslik ( 20 ga yaqin savol shu mazmunda.)
Yosh bolalarda bu Enurez deb ataladi va asosan tungi vaqtda peshobni tutolmaslik kuzatiladi.
— bu kasallik deb atash uchun bola 6 yoshga kirishi kerak. Sababi peshobni borligini bildiruvchi nervlar siydik qopi devorida va nerv sistemasida 6 yoshda takomillashadi.
Bolangizda 6 yoshdan oshganda ham peshob tutolmayaptimi demak o‘sha nervlar takomili turli sabablar tufayli kechikmoqda.
Chorasi
— peshob budilniklari ya’ni bolani kechasi ma’lum vaqtda turg‘azib siyishga odatlantirish.
— yotishdan avval mumkin qadar kamroq suv ichirish
— stresslardan asrash ( ko‘pincha ota ona janjali tufayli bola shunday bo‘lib qoladi.
— Dorilardan oxirgi yillarda desmopressin va trisiklik antidepresantlar yaxshi efekt bermoqda. Zinxor o‘zingizga davo qilmang. Doktor buyursin. Desmopressinlarning burunga yoki tabletka ko‘rinishida bor. Ammo arzon turmaydi 200-300 o‘rtasida.
— bola ichki kiyimlarini ozoda va kengroq bo‘lishini ta’minlang
— yotadigan joyi xam qulay bo‘lsin.
— siyib qo‘ysa uyaltirmang, urmang va stressga solmang. Butun umrga shunday bo‘lib qolishi mumkin.
©acramov
@BOLALARSHIFOKORI1