Astma davosizmi?
Astmaning grekchadan tarjimasi og‘ir nafas dir. Xar 20 kishining bittasida nafas muammosi uchraydi. Yer yuzining 5 foizi ushbu xastalik bilan og‘riydi. Insonlar 2 ming yil davomida
ushbu kasallikni sababini aniqlolmadi va zamonaviy tibbiyot buning sababi bronx to‘qimalaridagi allergik reaksiya ekanligini aniqlashdi.
Astmaning davosi yo‘qligi rost ammo uni kontrol qilish mumkin. Tibbiyot xozircha jarayonni nazorat qilishga erishdi.
Nima uchun davosiz degan savolga javob shuki — bronxdagi xujayralarni ta’sirchanligini o‘zgartirish mumkin emas ya’ni ular tabiatan shunday yaralgan va xozircha yagona umid nanotibbiyotdan. Bu xaqida keyinroq batafsil yozaman.
🪴 Astma kasalligini birinchi muxim jixati shuki jarayonni boshidan maxkam jilovlash kerak. Zo‘r pulmonolog yoki allergolog topib doimiy uning nazoratida turish kerak.
Imkon bo‘lsa Zominga o‘xshagan tog‘li joylarga ko‘chib ketgan ham ma’qul.