Og‘iz hidini yo‘qotish

Og‘iz hidini yo‘qotish uchun tavsiyalar

Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq kasalliklar, tish va milk muammolari, shu bilan birga tomoq-burun xastaliklarida og‘izdan yomon hid kelishi kuzatilishi mumkin. Bu muammoning bosh sababchisi ovqat hazm qilish tizimidagi patologik o‘zgarishlardir. Masalan, ichaklar va oshqozon mikroflorasining buzilishi, qabziyat, oshqozonosti bezi faoliyatining buzilishi, jig‘ildon qaynashi, me’da yallig‘lanishi kabi sabablar.


Quyida sizga ularning oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni beramiz.





Mundarija [Yopish]


Oziq-ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilmang!
Og‘izni tuzli suvda chayib turing!
Isiriq – ming dardga davo!
Yalpiz – musaffo dimog‘ kafolati!
Marmarak – ayni kerak giyoh!
Rayhon iste’mol qiling!
Choy – koni foyda!
Choy daraxtining moyi – ajoyib dori!
Qalampirmunchoq – xushbo‘y ziravor!
Guruch – ommalashgan shifobaxsh mahsulot!

Oziq-ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilmang!


Ichaklar mikroflorasi mingdan ortiq fermentlardan iborat. Har bir fermentning o‘z vazifasi bor. Agar ulardan birortasining faoliyati buzilsa, mikroflora tizimi izdan chiqadi. Buning natijasida esa ovqat ichaklarda yaxshi so‘rilmaydi, hazm qilish jarayoni buziladi. Yaxshi hazm bo‘lmagan, singmagan taomdan paydo bo‘luvchi badbo‘y hid ichak yo‘llari orqali og‘izdan kela boshlaydi.


Bunday yoqimsiz holga chalinmaslik uchun turli taomlarni aralashtirib iste’mol qilmang. Taomni shirin ichimliklar bilan yeyishdan o‘zingizni tiying. Taomni oddiy qaynatilgan iliq suv bilan iste’mol qilgan ma’qul. Yog‘li ovqatlardan oldin shirinlik yemang. Ovqatni hazm qilishda muammo kuzatilsa, taomni ko‘katlar, karamli salat yoki kam miqdorda olma sirkasi qo‘shgan holda iste’mol qiling.



Og‘izni tuzli suvda chayib turing!


Shuningdek, yomon hidga tomoq og‘rig‘i, tomoqning yallig‘lanishi kasalliklari ham sababchi bo‘lishi mumkin. Qolaversa, tishning chirishi, kariyes va milklarning shamollashi ham, tish kovaklarida ovqatning yig‘ilib qolishi ham og‘izdan keladigan yoqimsiz hidga sababchi bo‘lishi mumkin. Tish va milk sabab paydo bo‘ladigan og‘izdagi hidlarni og‘izni tez-tez tuzli suvda chayish tavsiya etiladi.



Ushbu maqolani ham o‘qing:  Malinaning shifobaxshligi nimada?

Isiriq – ming dardga davo! 


Tishni tuz, namokob bilan chayish yaxshi foyda beradi, lekin har doim ham emas. Faqatgina yiringli jarayonlarda ko‘proq foyda berishi mumkin. Shu bilan birga, isiriq bilan chayish ham yaxshi natija beradi. Buning uchun isiriq qaynagan suvda damlanadi. Undan so‘ng sovitilib, og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi.



Yalpiz – musaffo dimog‘ kafolati!


Deyarli barcha tish yuvish pastalarining tarkibida yalpiz mavjud bo‘ladi. Eng mashhur saqichlarda ham aynan yalpizning mazasi mavjudligi bekorga emas. Boisi yalpiz eng yaxshi va kuchli og‘iz bo‘shlig‘i, dimog‘ni musaffo qiluvchi vosita. Yalpiz bir zumda og‘izdan kelayotgan badbo‘y hidni yo‘qotadi. Tez-tez yalpiz chaynab turish, yoki uning yordamida tayyorlangan damlamalar iste’moli, unda og‘iz chayish yoqimsiz hidga qarshi juda foydali vositalar ekan.



Marmarak – ayni kerak giyoh!


Marmarak  yoki shalfey salat, ovqat tayyorlashda ko‘p foydalaniladi. Mashhur hakim Gippokrat shifobaxsh xususiyatlariga baho berib, uni «muqaddas o‘simlik» deb atagan ekan. Qadimgi Misrda esa uni ayollar bepushtligida tavsiya qilishgan. Xushbo‘y marmarak – bo‘yi 50-100 santimetrga yetadigan ko‘p yillik o‘t. O‘rta Osiyo tog‘larining etaklari qamda pastki qismidagi tog‘ daralarida, toshloq qiyaliklarida va bog‘larda o‘sadi. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor.


Oshqozon va ichak kasalliklari, halqum shilliq pardasi yallig‘lanishi, anginani davolashda marmarak damlamasidan foydalanish mumkin.


Xitoyda marmarakni damlab ichishni xush ko‘rishadi, AQShda esa salatlar, sho‘rvalar, sabzavot, go‘sht, baliqqa qo‘shib iste’mol qilinadi.


Kariyesni davolash uchun 1 osh qoshiq quruq marmarak va igir o‘simligi ustiga 1 stakan qaynoq suv solib damlang. Damlama 1 soat tursin, so‘ng u bilan og‘zingizni chayqang. Agar biron tishingiz og‘rib qolsa, shu damlamaga biroz paxta ivitib olib, uni og‘riyotgan tishga qo‘ying. Ushbu muolajani bir necha oy davomida, toki kariyes yo‘q bo‘lgunicha takrorlab turish lozim.


Marmarakdan tayyorlangan dorilarni shifokor ko‘rsatmasisiz, uzoq va ortiqcha miqdorda qabul qilish yaramaydi. Aks holda zaharlanib qolish mumkin. Homiladorlarga marmarakdan tayyorlangan dorilar mumkin emas.


Rayhon iste’mol qiling!


Ba’zida uchratadigan taom yoki salatga qo‘shilgan rayhon bargini chetga surib qo‘yadigan odatingiz bo‘lsa, xato qilasiz. Rayhon organizmning umumiy holatini yaxshilashda juda katta ko‘makchi. Shu sababli ham boshidan jarrohlik amaliyotini kechirgan kishilarga uni iste’mol qilish tavsiya etiladi.



Ushbu maqolani ham o‘qing:  Grippni davolash uchun qo‘shimcha tabiiy muolajalar

Tomoq og‘rig‘i va og‘izdagi infeksiyalarni yo‘qotishda qaynagan suvga solingan rayhon bargidan tayyorlangan damlamada foydalanish lozim. Og‘izdan badbo‘y hid kelishi, milk shamollashi, og‘rishi va kariyesda, buyrakdagi mayda toshlarni eritishda, siydik yo‘li kasalliklarining oldini olish va davolashda ham ayni damlama qo‘l keladi. Shu bilan birga bosh og‘rig‘i, yurak kasalliklari, revmatizm kabi ko‘plab kasalliklarning davosi ham aynan rayhonda.



Choy – koni foyda!


Amerikalik olimlar qora va ko‘k choy tarkibida uchrovchi polifenolning kariyesning shakllanishi va milkning kasallanishiga sabab bo‘luvchi bakteriyalar o‘sishini sekinlashtirishini aniqlashdi.


Aniqlanishicha, og‘iz bo‘shlig‘ini qora choy bilan bir daqiqa davomida kuniga 10 marta chayadigan odamlarda suv bilan chayqaydiganlariga qaraganda kamroq mikroorganizmlar uchragan. Boshqa bir tadqiqotchilar esa, choyxo‘rlarga kuniga 3-4 chashka choy ichishni tavsiya qiladi.


Ilmiy xodimlarning fikriga ko‘ra, yana o‘sha choydagi polifenol moddasi yoqimsiz hid tarqatadigan oltingugurt birikmasini me’yorida ushlab, kamaytirib turadi. Choy tarkibida siyoh xususiyatiga ega fenol birikmasi bo‘lgan tannin moddasi mavjud. Agarda choyni ko‘p ichib yuborsangiz, u tishlaringiz yorqinligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tarkibida bo‘yoq xususiyati kam bo‘lganligi va samarali himoya vazifasi uchun ko‘k choyni ko‘proq iste’mol qilgan ma’qul.


Choy daraxtining moyi – ajoyib dori!


Bu moy deyarli barcha og‘iz chayio‘sha mo‘ljallangan suyuqliklar tarkibida bo‘ladi. Boisi u og‘iz bo‘shlig‘idagi mikroorganizmlarga qarshi faol kurashadi. Choy daraxtining moyi bakteriya, virus va zararli zamburug‘larga qarshi foydali vosita. Bu antibakterial dori bilan og‘izni chayib turish, noxush hidlarga qarshi kurashishda sizga qo‘l keladi.



Qalampirmunchoq – xushbo‘y ziravor!


Qalampirmunchoqning foydali jihatlari haqida buyuk tabib Abu Ali ibn Sino ham yozib, uning yaxshisi quruq va o‘tkir hidlisidir, deb yozgan edi. Ibn Sino qalampirmunchoqning og‘iz hidini yoqimli qilishini yozgan. Qalampirmunchoq tarkibidagi evgonel moddasi og‘izga o‘ziga xos hid berish barobarida, mikroblarni o‘ldiradi, hazm qilish xususiyatiga ega.



Ushbu maqolani ham o‘qing:  Shivitning shifobaxshligi

Qalampirmunchoq, shuningdek, tish yemirilishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati yallig‘lanishi, pulьpit, parodontoz kabi stomatologik xastaliklarda ham yaxshi naf beradi.


Tez-tez qalampirmunchoqdan oz-oz chaynab yurishga odatlansangiz, salomatligingiz uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lasiz.



Guruch – ommalashgan shifobaxsh mahsulot!


Guruch hazm a’zolari faoliyatini yaxshilaydi va oshqozon va ichak yarasi, gastritni davolaydi. Shu sababli ham, mazkur kasalliklar sabab kelib chiqadigan og‘izdan kelayotgan badbo‘y hidni yo‘qotadi. Buning uchun xom guruchni chaynash kerak bo‘ladi.


Erkak.uz nashri