Bavosil (Gemorroy) – to‘g‘ri ichak venalarini kengayishi bo‘lib, ular tugunlar ko‘rinishida anus sohasiga bo‘rtib turadi. Kasallikka moyillik keltiruvchi va keltirib chiqaruvchi ko‘plab sabablar 2 guruhga bo‘linadi:
1. To‘g‘ri ichakni, orqa chiqaruv teshigini va ularning venoz tizimini tug‘ma o‘ziga xos tuzilishi.
2. Endo- va ekzokrin omillarning keyingi zararli ta’sirlari.
Zamonaviy klinik qarashlarga ko‘ra gemorroyga gemorroidal tugunlardagi xilma xil patologik jarayonlarga oid deb qarash lozim (qon ketish, ichki tugunlarning tushishi, tromboz, yallig‘lanish, tashqi tugunlarning nekrozi va yiringlashi, hakozolar). Gemorroy bilan voyaga yetgan odamlarning 10 % dan ko‘progi og‘riydi.
Adabiyotlardagi ma’lumotlarga asoslangan holda gemorroy kelib chiqishini tushuntiradigan quyidagi nazariyalarni keltirish mumkin:
1. Anorektal soha venoz tizimining tug‘ma yetishmovchiligi nazariyasi;
2. Mexanik nazariya – unga ko‘ra venoz bosimi oshishi munosabati bilan gemorroidal venalarda varikoz o‘zgarishlar bo‘lishi aytiladi;
3. O‘sma nazariyasi – unga ko‘ra gemorroy o‘sma hisoblanadi;
4. Infeksion nazariya;
Ba’zi kasalliklar, masalan, xafaqon (gipertoniya) kasalligi, yurak – o‘pka kasalliklarida qon aylanishining katta aylanasida noturg‘unlik bo‘lishi ham gemorroy rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda gemorroy asosiy kasallikning simptomlaridan biri bo‘ladi va operativ davolanmaydi (agar asoratlari bo‘lmasa!).
Mundarija [Yopish]
Bavosil kaslligining klinik kechishi va shakllari
O‘tkir gemorroyning 3 ta og‘ir darajasi ajiratiladi:
Gemorroyni davolash
Foydali tavsiyalar…
Diqqat, juda muhim maslahatlar!
Bavosil kaslligining klinik kechishi va shakllari
Gemorroy darak beruvchi belgilar davri bilan boshlanadi (anal teshigi sohasida nohush sezgi, yengil qichish). Bu davr bir necha oydan bir necha yillargacha davom etishi mumkin. Keyinchalik qon ketish paydo bo‘ladi va ayrim holatlarda, uzoq davom etayotgan gemorroyda anemiya rivojlanishi mumkin. Surunkali gemorroy anal teshigi sohasidagi og‘riqlar (defekatsiya vaqtida va parhez buzilganda) bilan kechadi. Keyingi davrda ichki gemorroidal tugunlarning tashqariga tushib qolishi kuzatiladi. Gemorroydagi simptomlar triadasi: tugun (shish), og‘rik va qon ketish.
Ichki gemorroidal tugunlar tushishida 4 ta bosqich ajratiladi:
1. Tugunlar kuchanish paytida tushadi va keyin mustakil tug‘rilanib ketadi.
2. Tugunlar kuchanish vaqtida tushadi, lekin mustaqil to‘g‘rilanmaydi.
3. Tugunlar piyoda yurgan vaqtda tushib qoladi va bemor o‘zi to‘g‘rilab qo‘ymaguncha to‘g‘rilanmaydi.
4. Tugunlar doimo tushib turadi va to‘g‘rilab qo‘yilgandan keyin ham yana tushib qolaveradi.
Gemorroidal tugunlar trombozi anal sohadagi kuchli og‘riqlar bilan kechadi. Ba’zi hollarda, gemorroidal tugunlar yallig‘lanishi anal soha shishi va tugunlar nekrozi bilan kechishi kuzatiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Yurak kasalliklari xavfi
O‘tkir gemorroyning 3 ta og‘ir darajasi ajiratiladi:
I daraja – tashqi gemorroidal tugunlar o‘lchami unchalik katta emas, zich elastik holatda, ular tishsimon liniyadan pastda joylashgan, palpatsiyada og‘riqli. Anal soha terisi biroz qizargan. Bemor shikoyatlari – kuchanish vaqtida kuydiruvchi og‘riq sezish va qichishish.
II daraja – perianal sohaning ko‘proq qismida ancha rivojlangan shish, qizarish. Shu sohani palpatsiya wilganda va to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirganda kuchli og‘rikli. Bemorlar anal teshigi sohasidagi kuchli og‘riqdan shikoyat qiladilar, ayniqsa, piyoda yurganda va o‘tirganda.
III daraja – anal teshigi atrofidagi to‘kimalar «yallig‘langan shish» bilan qoplangan. Bu soha palpatsiyada kuchli og‘riqli, shu sababdan to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirishning imkoniyati yo‘q. Anal teshigi sohasida, anal kanalidan tushib turgan, tuk qizil yoki ko‘kimtir qizg‘ish rangli ichki gemorraidal tugunlar ko‘rinib turadi. O‘z vaqtida davolanmasa tugunlar nekrozga uchrashi mumkin.
Gemorroyni davolash
Gemorroyni boshlang‘ich bosqichlarda konservativ davolash kerak, bunga defekatsiya aktini va najas konsistensiyasini parhez yo‘li bilan me’yorlashtirish kiradi. Gigiyenik rejimga rioya qilish zarur, defekatsiya aktidan keyin tahoratlanish yoki dush qabul qilsa b‘ladi. O‘tkir gemorroyda ham konservativ davo qilinadi: mikroxuknalar, shag‘amchalar, kuchsiz margansovkali iliq vannachalar. Kuchli og‘riqlarda oraliq sohasiga avvaliga sovuq, analgetiklar, keyin esa qizdiruvchi kompress qilinadi. Gemorraidal tugunlar trombozida magnitoterapiya ham yaxshi yordam beradi. Baliq moyi va «vishnevskiy» bilan qilinadigan mikroxuknalar yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Gemorroy bo‘yicha operatsiyalarning hozirgi kunda eng samarador operatsiya usullari – Milligan-Morgan bo‘yicha gemorroidektomiya va shu operatsiyaning I, II variant modifikatsiyalari (proktologiya ITI) hisoblanadi. (Adabiyotlar bo‘yicha)
Operatsiya uchun sabab bo‘ladigan holatlar:
1. Konservativ davo bilan to‘xtatib bo‘lmaydigan gemorroidal qon ketishlar, anemiya darajasining oshib borishi.
2. Katta gemorroidal tugunlar borligi, defekatsiya aktining buzilishi, tez-tez bo‘lib turadigan qon ketishlar, yallig‘lanishlar.
3. Gigiyenani buzuvchi, og‘riq chaqiruvchi va boshqa noqulaylaklarni keltirib chiqaruvchi tugunlarning salga yoki doimiy tushishilari.
Bundan tashqari gemorroyning dastlabki bosqichlarida quyidagi xalq tabobati namunalarini qo‘llash orqali kasallikni yo‘qotish (yengillatish) mumkin:
Sedana yog‘idan ikki-uch oy davomida ikki grammdan kuniga uch mahaldan ichib turilsa, foyda beradi, shunchasini yo‘g‘on ichak og‘ziga surtilsa ham davosi bor.
Qorataloq qattiqligini ketqazish uchun yuqoridagi usulda iste’mol qilish yoki tashqaridan surtish tavsiya qilinadi.
Zulukni quritib, tuyib aloe bilan teng miqdorda aralashtirib, bavosil yarasiga qo‘yilsa, uni quritib yuboradi. Bu 5-8 marta takrorlansa, kasallik yengillashadi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Erkaklar salomatligiga xavf soluvchi kasalliklar
Foydali tavsiyalar…
Maqolamizning so‘ngida shu soha mutaxassislari tavsiya etilgan bavosil xastaligining oldini olish va uni davolash chora-tadbirlarini eslatib o‘tamiz: ( Quyidagi tavsiyalar tib.islom.uz tomonidan chop etilgan )
1. Sog‘lom hayot, meyorida mehnat qilish va ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish, to‘g‘ri dam olish, achchiq va sho‘r taomlarga, spirtli ichimliklarga, tamaki, nos chekishlarga va boshqalarga ruju qo‘ymaslik va, ayniqsa, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish bavosil va ko‘pg‘ina kasalliklarning oldini oladigan omillardandir. Chunki kasallikni davolashdan uning oldini olish ming marta afzaldir.
2. Bavosilning oldini olish asosan qabziyat, ya’ni ich qotishga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim hisoblanadi. Chunki yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakda uzoq vaqt to‘planib qolgan va qattiklashgan najas yoki axlat toshi ichak devorining tomirini siqadi, shilliq qavatni tirnaydi, jarohatlayli. Shu boisdan qabziyat har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichaklarni o‘z vaqtida bo‘shatib turish katta ahamiyatga ega.
3. Odatda hojatdan keyin orqa chiqaruv teshigi sohasini iliq suv bilan yuvishga yoshlikdan odatlanish kerak.
4. Kishi o‘zining ichi ravon bo‘lishi uchun meva va sabzavotlar, kepakli non, sut-qatiqli ovqatlar, o‘simlik moyi, o‘rik va anjir qoqilari, mayiz, ko‘kat va ziravorlardan muntazam ravishda iste’mol qilish kerak. Lekin murchli, qalampirli, sirkali ovkatlar, xom piyoz, sarimsoq piyoz, turp ichak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar ekanligini ham esda tutishimiz kerak.
Diqqat, juda muhim maslahatlar!
5. Agar orqa chiqaruv teshigi achishsa, bemor hojatga borganida qiynalsa, axlatidan qon ko‘rinsa yoki gemorroidal tugunlar paydo bo‘lsa, uyalib-qimtinib o‘tirmasdan zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi zarur. Ming afsuski, bemorlar shifokorlarga juda kech, bavosil eng og‘irlashgan bosqichida, ya’ni zudlik bilan bavosilni kesib olishdan boshqa iloj qolmagandagina murojaat qilishadi. Biroq bavosilni kesib tashlash jarrohlik noilojlikdan qilinuvchi eng so‘nggi choradir. Har qanday jarroxdik insonni jismonan zaiflashtiradi va parhez bilan yashashga majbur kiladi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Kanakunjut moyi
6. Bavosil kasalligining rivojlanishidagi bosqichlarga qarab davolash usuli tanlanadi va dori-darmonlar ham shunga binoan belgilanadi. Jumladan, sovuq suv, isiriq, aloe suvlarida orqa teshikni kuniga 3-4 marta yuvish, zira kaynatmasini va choy o‘rnida bargizub urug‘ini, ermon va kora andizny damlab ichib yurish, grelka va shamcha qo‘yish, vanna-da o‘tirish, har kuni kechkurun moychechak bilan klizma qilib turish va hokazo. Davoning nafi kasallik bosqichiga, shifokorga o‘z vaqida kechiktirmasdan murojaat qilish va uning ko‘rsatmalarini to‘g‘ri bajarib yurishga bog‘liqdir.
7. Shamollashdan, ayniqsa, tananing pastki qismi shamollashdan, uzoq vaqt yurishdan va turib ishlashdan sakdanmoq kerak. Hech qachon sovuq joyga, ayniqsa, temir, beton va tosh ustilariga o‘tirmaslik kerak.
8. Bolalarga va ayollarga og‘ir yuk ko‘tarish mumkin emas, chunki zo‘riqishdan, kuchanishdan orqa teshik chiqib ketishi mumkin.
9. Bavosilni davolash davrida ovqat va taomlar iste’mol kilinishi to‘xtatiladi: qovurilgan va yog‘li ovqatlar, qazi, norin, mosh, sut, kabob, kolbasa, achchiq va sho‘r taomlar, shirinliklar va kofe, kakao va muzqaymoq, spirtli ichimliklar, tamaki, nos va boshqalar. Davolanish davrida jismoniy ish kilish ham vaqtincha to‘xtatiladi.
10. Davolanish davrida quyidagi ovqatlarni iste’mol qilish mumkin: faqat piyozi qovurilgan hamma ovqatlar, qaynatma, dimlama, bug‘da pishgan taomlar, asal, hamma mevalar, sabzavot, ko‘katlar, qatiq, asosan suyuq ovqatlar, go‘sht qiyma holida va hokazo.
11. Kam harakat qiluvchi kishilar badantarbiya bilan shug‘ullanishlari lozim.
avitsenna.uz/bavosil-yoxud-gemorroy-haqida/