Tongda og‘izda achchiq ta’m paydo bo‘lishi nimaning alomati?

❓Tongda og‘izda achchiq ta’m paydo bo‘lishi nimaning alomati?


❇️ Ertalab uyg‘onganda og‘izda achchiq ta’mni his qilish biror surunkali xastalikning mavjudligi yoki ba’zi kasalliklardan darak beradi. O‘t pufagi, jigar, o‘t yo‘li va o‘n ikki barmoqli ichak kasalliklarida ham og‘izda achchiq ta’m hosil bo‘ladi.


🔰 Agar og‘izdagi achchiqlik vaqti-vaqti bilan sodir bo‘lib tursa, bunga achchiq va nordon oziq-ovqatlar, dori yoki ichimliklar sabab bo‘lishi ham mumkin. Agar bu holat doimiy ravishda takrorlanib tursa, albatta, shifokorga ko‘rinish kerak bo‘ladi.


👅 Og‘izdagi achchiq ta’m bilan birga til oq karash bilan qoplangan bo‘lsa, bunday insonlarda jigar muammolari bor deb aytish mumkin. Agar karash sarg‘imtir, yashil rangda bo‘lsa, u holda e’tibor o‘t pufagiga qaratilishi kerak.