O‘t qopini oldirish xavfsizmi?

O‘t qopini oldirish xavfsizmi?


O‘t qopi bu jigardan ajralib chiquvchi o‘t suyuqligini o‘zida yig‘uvchi va o‘t suyuqligini konsentratsiyasini normaga keltiruvchi a’zo xisoblanadi.


O‘t qopidagi aniqlangan ko‘pgina tosh davolashga imkon qoldirmaydi va o‘t qopi olib tashlash operatsiyasi Xolitsisektomiyaga olib boradi.


O‘t qopi bu kerakli a’zo va albatta bu operatsiyadan so‘ng bir qadar o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.


— o‘t konsentratsiyasi oshmagan xolda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘n ikki barmoq ichakka quyiladi va bu yog‘larni yetarli darajada parchalanmasligiga olib keladi.


— o‘n ikki barmoq ichak darvozasida qisuvchi qopqoq- Oddi sfinkteri normal tarangligini yo‘qotali.


— Jigarning yog‘lanib ketish xavfi, ichaklar va oshqozon osti bezi faoliyati keskin o‘zgaradi.


Tavsiyalarim:


🪴 Avvalo biror a’zoni olib tashlashga qaror qilishdan avval boshqa choralarni sinab ko‘ring. Masalan DLT usuli bor. Bu distansion litotripsiya — masofadan toshni maydalovchi apparat.


🪴 O‘t olib tashlangach qatiy parxez kerak.


🪴 Bir yilda kamida ikki martta gastroenterolog qabuli va 3 martta UZI, axlat tekshiruvini amalga oshirish zarur.


🪴 Zararli va qiyin xazm bo‘luvchi ovqatlardan voz kechish kerak.


O‘t qopi kichkina ammo kerakli a’zo.