Nefrit (yunoncha nefros — buyrak) buyraklarning yallig’lanish kasalligi.

❗️Nefrit (yunoncha nefros — buyrak) buyraklarning yallig’lanish kasalligi. Bu bir tomonlama va ikki tomonlama bo’lishi mumkin.


⚠️ Statistik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, surunkali nefrit ko’pincha bakterial infeksiyadan so’ng paydo bo’ladi. Dunyoda 20 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan har yigirmanchi bemor unga duch keladi.


⁉️ Nefrit turlari:

-Glomerulonefrit — asosan buyrak glomerulasiniga ta’sir qiladigan autoimmun kasallik;

-Pielonefrit — kasallik buyrak to’qimalariga va tos suyagiga ta’sir qiladi;

— Interstitsial nefrit (buyrakning kanallari va stroma (xususiy moddasiga)) — ta’sir qilishi, natijada buyrak faoliyati buziladi;

— Irsiy nefrit — bu bolalikdan boshlanadigan genetik jihatdan aniqlangan kasallik;

— Radiatsion nefrit — nurlanish natijasida paydo bo’ladi.


☝️Kasallik odatda buyrakni shikastlangan joyiga infektsiya tushishi natijasida paydo bo’ladi. Antitelolar to’g’ridan-to’g’ri buyrak hujayralariga hujum qila boshlaydi yoki ular avval tanadagi boshqa joylarda birlashadilar va keyin buyrak hujayralariga birikadilar.


👉 Sabablari:

-yuqtirilgan kasalliklar (angina, sil, gripp, gerpes, qizamiq, suvchechak);

-immunitet tizimining buzilishi;

-tez-tez gipotermiya ( tana xaroratini tushib ketishi);

-buyrakdan siydik chiqishi buzilishi;

-buyrakni qon bilan ta’minlanishini buzilishi.


‼️ Buyraklarga ta’sir qiluvchi nefritga xos belgilar:


-yuqori harorat (40 darajagacha);

-turli xil shishlar (oyoqlarning, yuzning, ko’z qovoqlarining shishishi, og’ir holatlarda — og’iz bo’shliq shishi);

-Bosh og’rig’i;

-siydik rangining o’zgarishi (qorayish);

-mushak og’rig’i;

-bel sohasidagi og’riq;

-siyish chastotasining pasayishi (oliguriya).


✅ Nefritda qo’llaniladigan dorilar:

➖Kanefron;

➖Nolitsin;

➖Urolesan;

➖ Nitroksolin;

➖Furadonin;

➖Tsiston.