❓Bolalarda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?
✍️ Pediatr Farrux O‘rmonov:
✂️ Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi.
✂️ So‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi, yetarlicha so‘rilmaydi va qabziyatni yuzaga keltiradi.
✂️ Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi.
✂️ To‘yib ovqatlanmagan bolada ham bu holat kuzatilishi mumkin.
✂️ Allergik kasalliklarga moyillik ham bunga sabab bo‘ladi.
✂️ Bolada gijja (qurt) bo‘lsa, uning ichi qotadi.