Jinsiy zaiflik nima uchun yosh yigitlarda ham uchrayapti?

Jinsiy zaiflik nima uchun yosh yigitlarda ham uchrayapti?

Oxirgi yillarda jinsiy ojizlik nafaqat o‘rta yoshdagi erkaklarga, balki 20–25 yoshdagi yigitlarga ham xavf solmoqda. Erektil disfunksiyaning «yoshargani» haqida shifokorlar avvallari bong urgan bo‘lsa, bugun u shunchaki fakt sifatida keltiriladi, xolos. Ammo bunda tashvishga uncha katta asos yo‘q: yoshlarda jinsiy ojizlik ko‘pincha psixologik omillar sabab yuzaga keladi. Doimiy stressli vaziyatlarda ishlash, kam uxlash, charchoq, depressiya, qo‘rquv va hayajon, tajribasizlik, kamharakatlilik, kompyuter texnologiyalariga mukkasidan ketgan holda ko‘p o‘tirish natijasida qon aylanishining buzilishi sabab yoshlarda jinsiy yaqinlik payti ojizlik sezilishi mumkin.

Biroq yigitlarda ham yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklar bilan birga, umurtqa va tos sohasidagi bo‘g‘imlarga yetkazilgan jarohatlar tufayli ham erektil disfunksiya erta rivojlanishi ehtimoldan holi emas. Ba’zan jinsiy ojizlik yosh yigitlarda turmush tarzi bilan bog‘liq sabablar tufayli kelib chiqishi ham mumkin. Uzoq vaqt jinsiy yaqinlikdan saqlanish, jinsiy hayotni kech boshlash yoki bu borada o‘ta faol bo‘lish, ayrim dori vositalarini qabul qilish, oziqlantiruvchi moddalarning yetishmovchiligi, yoshlarning gormonal vositalarni qabul qilishi shular jumlasidandir.

Ekspert: Baxtiyor GULMUHAMMЕDOV, urolog-androlog / malumot.ru