Bolalarda quloq og’rig’i
Tashqi quloq (quloq suprasi va tashqi eshitish kanali), o’rta (timpanik bo’shliq va eshitish suyakchalari) va ichki (chig‘anoq — suyak va parda labirintlar) bo’linadi. O’rta quloq bo’shlig’i bolalarda nisbatan qisqaroq va kengroq bo’ladi. O‘rta quloq Yevstaxiy nayi orqali burun bo’shlig’i bilan tutashgan bo‘ladi.
Etiologiya(Sabablari)
Yuqori nafas yo’llarining kasalliklari bo’lsa, quloqda og’riq yoki tiqilish paydo bo’lishi mumkin, masalan tumov(burunning oqishi) kabi kataral belgilar kuzatilganda. Yevstaxiy nayi orqali shilliq o’rta quloqqa kirib, noqulaylik tug’diradi. Kichkina bola quloqdagi og’riqdan shikoyat qila olmaydi, shuning uchun kataral hodisalar fonida bezovtalik harakati bilan quyidagi testni o’tkazish tavsiya etiladi: barmog’ingiz bilan quloq tragusini(yumshog‘ini) ohista bosing; agar bolada javob reaksiyasi bo’lsa (qichqiriq), demak bolaning qulog‘i og’riyapti.
Quloqdagi og’riq quloqning infeksion zararlanishidan kelib chiqishi mumkin. Bunday holda, tashqi, o’rta yoki ichki otit(quloqning yallig‘lanishi) haqida o‘ylash mumkin.
Tashqi quloqning infeksion yallig’lanishi kam uchraydi. Buning sababi, bolani yuvintirish paytida paytida quloqqa suv tushishi, oltingugurt(tashqi quloqda ishlab chiqarilgan modda)ni olib tashlashda tashqi eshitish kanalining shikastlanishi, quloq sohasidagi terining allergik kasalliklarida yuzaga kelishi mumkin.
Yuqumli o‘rta otit ko’pincha 6 oylikdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda rivojlanadi. Chaynash, yutish, burunni qoqish paytida og’riq kuchayadi, bu esa ushbu harakatlar paytida nog‘ora bo’shliqda bosimning oshishi bilan bog’liq.
Ba’zan quloqqa yot jismlarni tushishi tufayli quloqda og’riq kuzatilishi mumkin: paxta tolasi, mayda narsalar, hasharot va hakazo. Chakka suyagi mastoid(so‘rg‘ichsimon) o‘sig‘ining yallig’lanishi (mastoidit) quloq og’rig’iga ham olib kelishi mumkin.
O‘rta otit va mastoiditning asoratlanishi hisobiga — ichki quloqning yallig’lanishi (labirintit) yuzaga keladi, uning namoyon bo’lish belgilaridan biri ham og’riqdir. Viruslar ham eng keng tarqalgan sababdir.
Va nihoyat, quloq og’rig’i bosh travmasi va qon ketishi, quloq pardasi yorilishi, quloqning shikastlanishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Tibbiy yordam
1. Kataral simptomlar va burun tiqilishi bo’lsa, unga vazokonstriktor dorilarni tomizib turish zarur.
2. Otit bilan bog’liq quloq og’rig‘ida, quloqqa bir necha tomchi borat kislotasi, xloramfenikolning iliq alkogolli eritmasini tomizishingiz yoki isitadigan kompressni qo’llashingiz mumkin (agar tana harorati normal bo’lsa yoki ozgina oshsa).
3. Og‘riq qoldiruvchi dori berishingiz mumkin (metamizole natriy va boshqalar).
4. Agar quloqqa hasharot kirgan bo’lsa, unga bir necha tomchi iliq moy yoki 70%li spirt tomizish kerak, keyin uni paxta tayoqchasi bilan olib tashlashga harakat qilmang. Iloji boricha tezroq shifokorni ko‘rigiga olib boring.
5. Otitlarni davolash.
Bolani o‘zboshimchalik bilan davolashga harakat qilmang. Uni vrach pediatr ko‘rigiga olib boring.
© Doctor Muxtorov