Fimoz qanday kasallik?
Jinsiy olat chekka kertmagining torayishi hisobiga, olat boshchasining yalang‘ochlanmay qolishiga sabab bo‘ladi. Fimoz 3-5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarda uchraydi.
3 turi bor:
-gipertrofik
-atrofik
-chandiqli
(Rasmda atrofik turi ko‘rsatilgan)
Bola qiynalib siyadi, siyish paytida bezovtalik, og‘riq bo‘ladi. Kertmak sohasida shish va qizarish kuzatiladi.
Vaqtida davolanmasa, siydik tutilib infeksiya tushishi hisobiga, parafimoz, balanopostit, sistit, piyelonefrit rivojlanishi mumkin!
1 yoshgacha fiziologik bo‘ladi, davolash shart emas!
1 yoshdan katta bolalarda operativ yo‘l — sirkumsiziya(sunnat qilish) bilan davolanadi.
© Doctor Muxtorov