Disaxaridoz yetishmovchilik

Disaxaridoz yetishmovchilik — ingichka ichakning yallig‘lanishi tug‘ma yoki ortirilgan bo‘lib bir yoki bir necha disaxaridoz fermentlari yetishmasligi va yo‘qligi bilan kechadi.


❗️ Ingichka ichakda quyidagi disaxaridaza fermentlari yetishmovchiliklari uchraydi. Bular Izomaltaza (shakar mahsulotlarini parchalovchi ferment), Treglaza (qo‘ziqorin mahsulotlarini parchalovchi ferment), Laktoza (Sut mahsulotlarini parchalovchi ferment)


⭕️ Etiologiyasi


Kelib chiqishiga ko‘ra :

— Birlamchi (tug‘ma)

— Ikkilamchi (ortirilgan ya‘ni biror bir ichak kasalliklari natijasida)


Disaxarid yyetishmovchilik natijasida Disaxaridlar oxirigacha parchalanmay ( xazm bo‘lmay) oraliq mahsulotlar ya‘ni organik kislotalar, gazlar va vodorod ajraladi.


⭕️ Klinikasi


Klinik ko‘rinishi bo‘yicha 3 turi farqlanadi :


1. Birlamchi konstitutsional laktazemiya

2. Funksional tranzitor laktezemiya

3. Ikkilamchi laktoza yetishmovchiligi


♻️ 1. Birlamchi konstitutsional laktezemiya

— Ko‘proq yoshi katta bolalarda uchraydi

— Ba‘zan kichik yoshli bolalarda xam uchraydi

— Suvsizlanish , qusish xolatlari

— Sut mahsulotlaridan bosh tortish

— Sut mahsulotlari istemol qilganda qorinda og‘riq, dam bo‘lish, umumiy holsizlik, diareya

— Laktozouriya (siydikda laktoza fermentlari bo‘lishi)

— Stearatoriya ( najasda lipid uchrashi ) kamdan kam xollarda


♻️ 2. Ikkilamchi laktoza yetishmovchiligi


— Najasi suyuq , ko‘piksimon, nordon xidli bo‘lishi, qorin sohasida og‘riq , dimlanish, g‘uldurashi

— Diareya, ovqatdan 30 daqiqadan so‘ng najas rangi och sariq, xazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari

— Siydik orqali laktoza chiqishi (laktozauriya)

— Suv elektrolit balansini buzilishi

— Anemiya , poligipovitaminoz


⭕️ Davolash


Parxez yo‘li bilan bunda 1) Laktozasi kam mahsulotlar 2) Laktozasiz mahsulotlar


❗️Birlamchi laktoza yetishmovchiligini davolash


— Ona parxez tutishi lozim

— Bolaga ona suti berilmaydi

— Kam laktozali (Nutrilak, Nutrilon, Xumana)

— Laktozasiz bo‘tqa (Mameks, Al111, Nan)

— Soya bo‘tqalari (Nutrilak soya)

— Enzimoterapiya (Laktozani parchalovchi fermentlar laktagel ,laktoza ) ularni ona sutiga qo‘shib beriladi


❗️ Tranzitor funksional yetishmovchilik


— Onasi parxez tutadi (sut mahsulotlaridan , mol go‘shtidan, pishloqdan

— Kam laktozali bo‘tqalar beriladi


❗️Bolangizda ushbu kasallik yoki belgilar uchrasa shifokor pediatr ko’rigiga boring !