Aqli zaiflik (oligofreniya) – tug’ma yoki 3 yoshgacha orttirilgan bosh miya
organik buzilishi tufayli turg’un ruhiy, birinchi navbatda intellektual yetishmovchiligi
bilan kechadigan kasallikdir. Aqli zaiflik dunyoda keng tarqalgan (1–3%). Keyingi
yillarda aqli zaiflikning sonining bir qancha o’sganligi kuzatilmoqda. Buning sababi
tibbiyot yutuqlari tufayli tug’ma nuqsonlar va MNS nuqsonlari bilan tug’ilgan
bolalarning tirik qolishlari va umumiy yashash davomiyligining o’sishidir. Bir qator
mualliflarning taʼkidlashicha, aqli zaiflik bilan ko’pincha oʻgʻil bolalar aziyat chekadi.
Aqli zaiflikning etiologik omillarning ta’sir qilish vaqtiga qarab 3 ta
asosiy guruhga bo’linadi:
1) Nasliy, ya’ni generativ hujayralarning jarohatlanishi bilan bog’liq guruh.
2) ichki rivojlanish davrida, ya’ni homilaga ta’sir etishi bilan bog’liq guruh.
3) perinatal davr va 3 yoshgacha bo’lgan davr.
Oligofreniya aqli zaiflik darajasi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadi: idiotiya,
imbetsillik va debillik.
Idiotiya – eng og’ir turi bo’lib, bunda so’zlashuv va fikrlash
qobiliyati umuman bo’lmaydi, nazorat va parvarish talab qiladi. Kasallarda oddiy
qo’zg’atuvchilarga javob reaksiyasi bo’lmaydi, idrok qilish to’la rivojlanmaydi, diqqat
umuman bo’lmaydi. Nutq rivojlanmagan, faqat oddiy va so’zlarning bo’g’inlari bilan
cheklangan bo’ladi, unga qaratilgan so’zlarni tushunmaydi. Ko’pincha ular ovqatni
chaynay olmaydi va yuta olmaydilar, faqat suyuq ovqatlar bilan ovqatlanadi. Kasallar
o’z-o’ziga xizmat qila olmaydilar. Ularning emotsiyalari oddiy bo’lib, bir narsadan
qoniqqani yoki qoniqmaganini baqirib-chaqirib bildiradilar. Ular serjahl bo’ladi,
o’zlarini tishlab, tirnab, urishlari mumkin, ular qo’liga tushgan narsani chaynashlari,
so’rishlari mumkin. Bemorlar jismoniy rivojlanishdan ham ortda qoladi.
Idiotiyaning yengil turlari ham uchraydi
Imbetsilik – aqli zaiflikning o’rta darajasi hisoblanadi. Idiotiyaga qaraganda
so’zlashuv va boshqa psixik funksiyalar rivojlangan bo’ladi, ammo ular mehnatga
yaramaydilar, faqat o’z-o’ziga xizmat qilishi mumkin. Imbetsillarning nutqi
rivojlanmagan va grammatikani umuman o’zlashtira olmaydilar. Ular faqat sodda
so’zlarni talaffuz qilishlari mumkin. So’zlar zahirasi 200-300 so’zdan iborat. Ularda mexanik xotira va
sust diqqat tufayli oddiy bilimlarni o’zlashtirishi mumkin. Ayrim bemorlar sanashni,
harflarni, oddiy ishlarni masalan: yig’ishtirish, kir yuvish, idish yuvishni o’zlashtira
oladilar. Hissiyotlari kam rivojlangan, oddiy bo’ladi. Ular sharoit o’zgarganda o’zgacha
negativ reaktsiya ko’rsatadi. Idiotiyaga qaraganda ularning shaxsi nisbatan rivojlangan
bo’ladi, ular tez xafa bo’lib qoladi, o’zining kamchiliklaridan uyaladi, koyiganni yoki
yoqtirganni biladilar. Kasal bolalar doim nazoratga muhtojdir. Imbetsillar tez
ishonuvchan va boshqalarga o’xshashga moyil bo’ladi.
Debillik – aqli zaiflikning yengil formasi. Debillar o’qish qobiliyatiga ega, oson
ishlarda ishlay oladi, ijtimoiy sharoitga ko’nikishi mumkin. Yengil debillikni normadagi
psixikaning past chegarasi bilan ajratish qiyin. Debillarning imbetsildan farqi shundaki,
so’zlashuv yuqori rivojlangan bo’ladi, xulq-atvori ham adekvat va erkin bo’ladi, bu
esa fikrlashning sustligini bilintirmay turadi. Lekin kuzatishlarga nisbatan debillarda abstrakt fikrlash sust bo’ladi. Oddiy ishdan murakkabroqqa o’tish ular uchun qiyin. Debillar imbetsillardan farqli maktabda ta’lim olishi mumkin, ammo o’qishda o’zicha mustaqil hech narsa qilolmaydi. Debil
bemorlar aniq bilimni o’zlashtira olishi mumkin, lekin nazariy bilimlarni o’zlashtirolmaydi. Debillarda hissiyot, iroda va shaxsiyati imbetsillarga nisbatan rivojlangan bo’ladi. Debillarning o’zini erkin tutishi past bo’ladi, o’zining qiziqishlarini tiya olmaydi, qilgan ishlarni yetarli o’ylay olmaydi, o’ta ishonuvchan bo’ladi. Lekin, bunga qaramasdan debillar hayotga yaxshi moslasha oladilar. Rivojlanishdan orqada qolish boshidayoq bilinadi, ya’ni kech
yuradi, kech gapiradi. Yillar o’tishi bilan yengil debillikda bu narsalar kamdan-kam