PNEVMONIYA(zotiljam) KASALLIGI HAQIDA

PNEVMONIYA(zotiljam) KASALLIGI HAQIDA:


⚡️o’pkaning shamollashi, yallig’lanishi natijasida kelib chiqadi

— statistik malumotlarga ko’ra 2017-yilda 5 yoshgacha bo’lgan, pnevmoniyaga chalingan bolalarning 15% i, ya’ni 808 694 nafar bola vafot etishi qayd etilgan


💊TIPIK BELGILARI:

— tana haroratining keskin ko’tarilishi

— yiringli balg’am ajralishi bilan kechadigan yo’tal va ba’zida ko’krak qafasida og’riq


💊ATIPIK BELGILARI:

— belgilari asta-sekin ko’rina boshlaydi

— quruq va yengillik bermaydigan yo’tal

— bemor yuza, tez-tez(halloslab) nafas oladi

— lunji qizaradi, lab va burun kataklari atrofiga uchuq toshishi mumkin

— ikkilamchi belgilar: bosh og’rig’i, qichishish, zaiflik va holsizlik

— rengenda o’zgarishlar mavjud

— yana eng asosiy xususiyatlaridan biri, oddiy yo’talga qarshi qancha dori-darmon qabul qilganda ham, bir oz muddat yaxshi bo’lib keyin yana qaytalanish holatini sezasiz


Ushbu holatlarni farzandingizda yoki o’zingizda sezsangiz darhol pediatr yoki pulmonolog shifokoriga ko’rinishingiz zarur!!

https://t.me/tashxis1