«Grija» xuruj qilganda nima qilish lozim?

📍»Grija» xuruj qilganda nima qilish lozim?


✍️ Shifokor Zuhriddin Bahriddinov:


🚨 Churra xuruj qilgan paytda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, churra joylashgan soha atrofi qo‘l bilan paypaslanganida qorinda to‘lg‘oqsimon og‘riq kuzatilishi mumkin.


⛔️ Bunday paytda bemor og‘riq qoldiruvchi dorilar qabul qilishi mutlaqo mumkin emas. Sababi o‘zboshimchalik bilan davolanish keyinchalik salbiy oqibatlarga olib keladi.


⛔️ Afsuski, bugungi kunda ko‘pchilik bemorlar umurtqa pog‘onasini bosish, uqalash va shunga o‘xshash amaliyotlar orqali davolanishga harakat qiladi. Bu esa shikastlangan umurtqani yanada qiynashi, kasallikning zo‘rayishiga sabab bo‘lishi mumkin.


✅ Eng to‘g‘ri yo‘l esa shifokor ko‘rigidan o‘tish va tavsiya etilgan davo muolajalarini bajarishdir. Bugungi kunda kasallikni davolashda lazerli va endoskopik usullardan keng foydalanilmoqda.