Ushbu diyetani Linkoln kolleji osteopatiya yo‘nalishi bitiruvchisi Djon Pegano ishlab chiqqan. 1991 yilda o‘zining «Psoriazni davosi — tabiiy yo‘l» kitobini chiqargan. Uning fikriga ko‘ra psoriaz va ekzema — og‘ir teri kasalliklarini sababi — ichaklardagi muammolar tufayli kelib chiqadi. Shuning uchun maxsus diyeta turi kerak bo‘ladi.
Boshqa diyeta turlaridan farqi bunda asosan ichaklarni tozalashga e’tibor qaratiladi. Avval monodiyetadan boshlanadi (faqat olma va sitrus mevalar iste’mol qilinadi) va parallel ravishda enterosorbentlar (o‘ziga toksinlarni biriktirib organizmdan olib chiqadigan modda) ichiladi.
Shundan keyin diyetani o‘zi boshlanadi. Bu, organizmdagi kislota–ishqor balansini muvofiqlashtirishga asoslangan. Pegano ta’kidlaydiki kislota hosil qiluvchi mahsulotlar (hayvon oqsillari, tuxum, sut, dengiz, don mahsulotlari) kunlik ratsionda 20–30% dan oshmasligi kerak. Ratsionni asosiy qismini ishqoriy muhit hosil qiluvchi mahsulotlar (barra meva va sabzavotlar, ko‘katlar) tashkil qilishi kerak.
Pegano diyetasida qanday taomlanish kerak?
• sutkada kamida 1,5 l gazsiz suv ichish;
• meva va sabzavotlarni yangi sokidan, o‘tlardan choy va damlamalar ichish shart;
• ishqoriy muhitni saqlash uchun BADlardan — granulali letsitin qabul qilish;
• nahorga, och qoringa bir osh qoshiqda zaytun moyi ichish (ichaklarni tozalovchi eng yaxshi vosita);
• klechatkaga boy mahsulotlar iste’mol qilish;
• yog‘siz qo‘y go‘shti, terisi olingan parranda go‘shti mumkin.
• sitrus bilan sut mahsulotlarini, go‘sht bilan kraxmal saqlovchi mahsulotlarni, mevalarni un mahsulotlari bilan aralashtirmang!
Ta’qiqlanadi: qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, konservalangan, o‘zida ko‘p miqdorda yog‘ va shakar saqlovchi mahsulotlar hamda sun’iy rang va qo‘shimchalar.
Suvda pishgan tuxumni xaftada 2 marotabadan ko‘pi mumkin emas.
Ushbu diyetaga kamida 1 oy amal qilish!
Pegano diyetasida qora ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlar: