O‘t qopi muammosi

O‘t qopi muammosi


Ovqat hazmidagi ko‘plab muammolar aynan o‘t qopidagi muammo sabab yuzaga keladi.


O‘t suyuqligini vazifalari:

• ichaklar florasi uchun muhim antiseptik hisoblanadi;

• pepsinni va xlorid kislotani neytrallaydi;

• ichaklarda oqsil, uglevod va yog‘lar so‘rilishi uchun muhim;

• yog‘da eruvchi vitaminlarni (A, D, E, K) so‘rilishiga yordam beradi.


O‘t qopidagi muammoni quyidagi simptomlar borligidan bilish mumkin:

1. Og‘izda taxir ta’m sezish;

2. Yog‘li ovqatdan so‘ng og‘irlik hissi;

3. Doimiy meteorizm (qorinni dam bo‘lishi)

4. O‘ng qovurg‘a ostida og‘riq.


O‘t qopi funksiyasi buzilishi sabablari: me’yoridan ortiq shakar, yog‘ va rafinirlangan uglevodlarni iste’mol qilish, ratsionda klechatka yetishmasligi (meva, sabzavot, yormalar, rezavorlar), kam suyuqlik (suv) ichish, kamharaktlilik.


Tavsiyalar: ratsionda meva va sabzavotlarni ko‘paytirish, qovurilgan taomni dimlangan, bug‘langan, qaynatilganiga almashtirish, ko‘p suv ichish, sutkasiga kamida 10,000 qadam piyoda yurish.


Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)