Bolalarda ovqatdan zaharlanish

Oshqozon-ichak tizimiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan tushgan zaharli moddalarga organizmning kuchli reaksiyasi ovqatdan zaharlanish deyiladi. Bu holatga inson har qanday yoshda tushishi mumkin, biroq ko‘proq bolalarda unga moyillik ko‘proq. Bunga bola organizmning hali yetarlicha shakllanmagani va qarshilik kuchiga ega emasligi sababli, oziq-ovqat mahsulotlari bilan organizmga tushadigan toksik moddalarga vaqtida va yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmaydi.


BOLALAR OVQATDAN ZAHARLANISHINING TIPLARI


Bolalarda zaharlanishning ikki tipi kuzatiladi:


Infeksion zaharlanish. Ularga mikroblar va ular ajratadigan toksinlar sababchi (ichak tokiskoinfeksiyasi va botulizm – kengroq tarqalgan har ikkala kasallik ovqatdan zaharlanish oqibatida kelib chiqadi).


Noinfektsion zaharlanish. Bunga o‘simlik va hayvon mahsulotlari sifatidagi zaharli mahsulotlarni iste’mol qilish sabab bo‘ladi. Aksariyat holatlarda, qarovsiz qoldirilgan bolalar bexosdan va qiziquvchanligi sababli o‘ziga notanish rezavor mevalar, barglar kabilarni tatib ko‘radi. Shuningdek zaharli qo‘ziqorinlar mazkur patologiyaga sabab bo‘ladi.


SABABLARI


Zaharlanishga avval boshdan zaharli mahsulotlar (zaharli qo‘ziqorin, zamburug‘ va rezavor mevalar) yoki qaysi bir holatda tarkibiga tushgan mikrob yoki toksin bo‘lgan odatiy oziq-ovqat mahsuloti sabab bo‘ladi. Oziq-ovqatdan zaharlanishning boshqa nomi – toksikoinfeksiya (mazkur holatda tarkibida ichak kasalliklariga sababchi – salьmonella, ichak infeksiyasi tayoqchalari va h.k. bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari nazarda tutilayapti). Bu mikroorganizmlar intoksikatsiyadan tashqari, salьmonella singari kasalliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ichak infeksiyasi ovqatdan zaharlanishdan ich buzilishining ko‘rinishlari bilan farqlanadi.





Zaharlash ehtimoli yuqori mahsulotlar:


Sut mahsulotlari (ko‘proq, tvorog va muzqaymoq);
Tuxumlar;
Baliq va dengiz mahsulotlari;;
Go‘sht;;
Kremli qandolat mahsulotlari;
Tayyor gazaklar;
Konservalangan mahsulotlar, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlanganlari va birinchi navbatda qo‘ziqorinlar.

Albatta, bu yerda bolaning muzqaymoq yoki shirinliklar yeyishiga taqiq qo‘yish lozim, degan fikrdan yiroqmiz. Shu bilan birga bolani sifatli mahsulot iste’mol qilish, turli tez pishar taomxonalardan emas, balki uyda tayyorlanga ovqatga o‘rgatish foydadan xoli emas. Shuningdek, bolani mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash qoidalaridan muntazam boxabar qilish ham muhim ahamiyatga ega.


ALOMATLARI


Bolalarda zaharlanish o‘tkir, favqulodda va shiddat bilan kechadi. Bola avvaliga ko‘ngil aynishidan shikoyat qiladi. Keyin zaharlangan bola qayt qiladi, sal turib tana harorati ko‘tariladi.


Mabodo zaharlanish aytarli kuchli bo‘lmasa, bolada o‘zgarish kuzatilmasligi va bir muddatdan keyin favqulodda bolaning holati yomonlashib qolishi mumkin. Gap shundaki, zaharlanish bir necha bosqichda ro‘y berib, sekin-asta bola organizmini kuchsizlantirib, to‘satdan yuz ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda zaharlangan bolada qisqa muddatli ichburug‘ kuzatiladi. Ammo oilada bir necha kishi zaharlangan bo‘lsa, intoksikatsiya alomatlari bolada kuchliroq aks etadi.


Bolalar zaharlanganida ko‘proq kuzatiladigan alomatlar:


Ko‘ngil aynishi
Kuchli qayt qilish holati
Oshqozon buzilishi
Ichburug‘ (diareya kuniga bir necha marta hojatga chiqish)
Tana haroratining ko‘tarilishi
Bola axlati qon aralash, shilimshiq yashil tusli

O‘tkir zaharlanishda bolada xatarli asorat – infektsion-toksik shok holati kuzatishi mumkin. Alomatlari:


Terining oqarib ketishi
Og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi
Yurak urishining tezlashishi va tez nafas olishning qiyinlashuvi yoki aksincha, tez-tez nafas ola boshlash, hansirash
Qon bosimining pasayishi
Peshob rangining to‘qlashishi (tarkibida sariq pigmentlar ko‘payadi).

Bolada zaharlanish alomatlari kuzatilgan zahoti, ularning kuchayishini kutib o‘tirmasdan beto‘xtov shifokorga murojaat qilish shart. Aks holda bola organizmi tezda suvsizlanib, uning hayoti xavf ostida qolish ehtimoli yuqori.


OVQATDAN ZAHARLANISH MAHALI BIRINCHI YORDAM


Bola zaharlanganda uy sharoitida nima qilish lozim:


Ovqat hazm qilish tizimiga ediruvchan moddalar, kislota yoki ishqorli mahsulotlar tushishi oqibatida zaharlanish ro‘y bermagan bo‘lsa oshqozonni yuvish.
Bolaga entersorbent, masalan, Filtrum berish. U ichaklardan ma’lum miqdordagi toksinlarni chiqarishga ko‘maklashadi.
Bolaga ko‘proq suyuqlik ichirish kerak. Bu organizm suvsizlanishining oldini oladi. Bolaning har 15-20 daqiqada hech bo‘lmaganda bir necha qultum suyuqlik ichishga majbur qiling. Bular gazsiz suv, achchiq bo‘lmagan qora yoki ko‘k choy yoxud maxsus tuzli eritma bo‘lishi mumkin.

Zaharlanganda bolaga nima ichirish kerak: mazkur holatda eng maqbul preparat – Filtrum (uni eng kichik yoshdagi bolalarga ham ichirish mumkin). Bu dori vositasi – tabiiy asosli enersorbent bo‘lib, uni xavotirsiz 1 yoshdan boshlab tavisya etish mumkin. Filtrumni sifatsiz ovqat eb qo‘yish, dori vositalari yoki zaharlar oqibatida zaharlanib qolgan bolaga ichirsa bo‘ladi. Shuningdek u infektsion kasalliklar sababli ro‘y beradigan intoksikatsiya alomatlari, modda almashinuvining buzilishi, masalan, atseton bilan zaharlanganda tavsiya etiladi.



Zaharlangan bolani Filtrum bilan davolash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:


Birdan uch yoshgacha bolalarga – yarimta tabletka, kuniga 3-4 mahal;
Zaharlangan bolaning yoshi 3-7 oralig‘ida bo‘lsa, 1 tabletkadan kuniga 3-4 mahal;
Bemor yoshi 7 dan 12 yoshgacha bo‘lsa, unga kuniga uch mahal 2 tabletkadan Filtrum ichiriladi.

Tabletkalarni qabul qilishdan oldin maydalab ezing. Maydalangan preparatni ko‘p miqdorda suv bilan ichish tavsiya qilinadi. Dori ichilganidan keyin bir soat davomida boshqa dorilarni qabul qilmaslik hamda ovqat emaslik zarur. Ovqatdan zaharlangan ko‘pgina bemorlarni entersorbentlar yordamida davolash mumkin. Dorini 3-5 kunlik kurs sifatida qabul qilish samaraliroq.


BOLALAR ZAHARLANISHINI DAVOLASH


Birinchi yordam bolaning ozor chekishini kamaytiradi, biroq davolash uchun jiddiy yondoshuv talab etiladi. Bola zaharlanganida, hatto zaharlanish alomati sezilar-sezilmas bo‘lsa ham, zudlik bilan shifokor-mutaxassisga murojaat qiling. Zaharlangan bolaning tana harorati ko‘tarilayotgan bo‘lsa, bu markaziy asab tizimining jiddiy zararlanganidan dalolat.


Shifokor-mutaxassis davolash terapiyasini belgilaydi, zarur holatlarda qator muolajalarni qo‘llaydi. Bundan tashqari, shifokor albatta, maxsus ovqatlanish tartibini tavsiya qiladi.


Kasallikning og‘ir shakllarida esa bolani zudlik bilan kasalxonaning toksikologik yoki jonlantirish bo‘limiga yotqizish kerak. Bu yerda vena orqali zarur eritmalar yuboriladi, talab etilsa plazmaferez yoki gemosorbtsiya usulida qoni tozalanadi.


DORI VOSITALARI


Zaharlangan bolalar quyidagi dori vositalari bilan davolanishi kerak:


Entersorbentlar (masalan, Filtrum)
Prebiotiklar (ichak normal mikroflorasini tiklovchi vositalar)
Antibiotiklar (oshqozon-ichak tizimiga infektsion qo‘zg‘atuvchilar tushgan mahal).


XALQ TABOBATI


Dolchinli choy. Go‘sht yoki baliqdan zaharlangan bolalarni davolashda qo‘llaniladi. Mazkur ichimlikni tayyorlash uchun bir necha dolchin bo‘lagini besh daqiqa davomida qaynoq suvda damlang. Ikki stakan issiq damlamani bolaga ichiring.


Guruch-xo‘rda. Qaynatilgan guruch ko‘ngil aynishi va qayt qilishining oldini oladi. Xo‘rda tayyorlash uchun: guruchni tozalab, yuvib 1:5 hisobida suvga solib 2-3 daqiqa davomida qaynating. Xo‘rdani sutka davomida bir necha marta ichirish kerak.


Suli yormali xo‘rda. 1 osh qoshiq yorma ustiga ikki stakan suv quyib, 5 daqiqa davomida qaynating. Keyin dokadan sizdirib, qaynatmani bolaga kuniga 5 martagacha ichiring.


ZAHARLANGANDA PROFILAKTIKA


Bolalarda zaharlanish to‘liq davolanadi, ammo shunga qaramay zaharlanish ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymang. Profilaktika maqsadida bolaga e’tiborliroq bo‘ling, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari olib bering. Bolaning iflos suv ichishiga yo‘l qo‘ymang, har doim ovqatdan oldin qo‘lini tozalab yuvishga o‘rgating, yuvilmagan meva va sabzavotlarni yeyishiga yo‘l qo‘ymang.


Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan, zaharli qo‘ziqorin, zamburug‘, reza mevalar suratlari bilan tanishtiring. Ularni hatto och qolgan mahal ham mutlaqo yeyish mumkin emasligini tushuntiring.


Bolaning zaharlanishi jiddiy oqibat va asoratlarga olib kelishini unutmang. Bolangiz zaharlanib qolgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokor chaqiring va holat qanday ro‘y berganini to‘liq ma’lum qiling. Vaqtida shifokor yordami ko‘rsatilmagan ayrim zaharlanish holatlari ayanchli, o‘lim bilan yakun topgani ma’lum.



Muhim: qo‘llashdan oldin yo‘riqnoma bilan tanishing yoki davolovchi shifokor maslahatini oling.