Qonda tromb hosil bo‘lishini oldini olish

Qonda tromb hosil bo‘lishini oldini olish


✓ Ko‘proq suv iching!

90% odamlar juda kam suv ichishadi. Voyaga yetgan odam kuniga 2-2,5 litr suv ichishi kerak. Farzandlaringizni ham suv ichishga o‘rgating. Tabiiy suv qon tiqinlarini shakllanishiga qarshi birinchi va kuchli vositadir.


✓ Qonni suyultiruvchi yeguliklar:

— zaytun va zig‘ir moyi;

— olma sirkasi;

— sarimsoq va piyoz (sarimsoqni muntazam iste’mol qilish qon quyuqlashish ehtimolini ikki baravar kamaytiradi!);

— limon;

— kungaboqar pistasi;

— lavlagi;

— kakao va shokolad (achchiq);

— baliq va baliq yog‘i;

— pomidor, pomidor sharbati;

— jo‘xori uni;

— malina, rezavorlar, qulupnay, olcha, shirin gilos;

— zanjabil


Har kuni ushbu ro‘yxatdagi 2-3 ta mahsulot ratsioningizda bo‘lishi kerak.