Maymunchechak — kam uchraydigan yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, umumiy intoksikatsiya va ekzantema bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi
Qo‘zgatuvchi virus, poksviruslar(chechak viruslar) oilasiga kiradi. Birinchi marta 1958-yilda bemor maymundan ajrarib olingan. Tuzulishi va xususiyatlari jihatidan odam chechak virusiga o‘xshash. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, maymunchechak virusi antigen aloqa jihatdan ko‘proq chinchechak virusiga o‘xshaydi. Tovuq embrioni qobig‘ida yaxshi o‘sadi va ko‘payadi.
Epidimiologiyasi
Infeksiya manbai maymunlar hisoblanadi. Kasallik odamdan odamga faqat bemor odamdan yuqishi mumkin. Kasallik holatlari Yevropa, Shimoliy Amerika, Afrika va Avstraliyada kuzatilgan. Kasallik asosan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda aniqlangan.
Klinikasi
Inkubatsion davri 7 kundan 19 kungacha davom etadi. Kasalik birdan, o‘tkir, tana harorati ko‘tarilishi, bosh va mushaklardagi og‘riq bilan boshlanadi, xuddi shunday bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va qusish ham kuzatilishi mumkin. Keyinchalik kasallik dinamikasi chinchechak simptomatikasiga o‘xshash bo‘ladi. Yengil va o‘rta og‘ir formasi ko‘proq uchraydi. Maymunchechakning odam chechagidan asosiy farqi 90% bemorlarda limfadenit kuzatiladi. Kasallikning 3-4 kunlarida toshmalar paydo bo‘ladi, dastlab yuzda, keyin qo‘llarda, biroz keyinroq butun tanani egallaydi.
Boshida toshmalar diametri 6-10 mm gacha bo‘ladi, keyin esa shu joyda papula hosil bo‘ladi, keyinchalik vezikulaga(ichida rangsiz suyuqlik saqlagan pufakcha) aylanadi. Undan keyin qobiqcha hosil bo‘ladi va oxirida chandiq qoladi.
Bemor holati tez yomonlashadi, taxikardiya paydo bo‘ladi, nafas olish tezlashadi, arterial bosim pasayadi, keyin esa bemorning holati asta-sekin yaxshilanadi. Kasallikning yengil shaklida bemor umumiy holati normal saqlanadi. Kasallikning umumiy davomiyligi 2-3 hafta.
Davolash
Maymunchechakni davolash chinchechak kasallgini davolash tamoyillariga asoslanadi.
Asoratlari
Ensefalit
Meningoensefalit
Pnevmoniya
Sepsis
Prognoz
Odatda yaxshi yakunlanadi, asosan vaksinatsiya qilinmagan 10% bemorlarda o‘lim holati kuzatiladi.
© Doctor Muxtorov