PNEVMONIYA BELGILARI
Pnevmoniya belgilari shamollash yoki grippga o’xshash bo’lishi mumkin. Etiologiyaga qarab, pnevmoniya turli xil belgilarga ega bo’lishi mumkin.
♻️Bakterial pnevmoniya belgilari ham o’tkir, ham asta-sekin paydo bo’lishi mumkin.
Ularga quyidagilar kiradi: isitma, qaltirash, ko’krak qafasidagi o’tkir og’riq, kuchli terlash, qizg’ish yoki yashil rangdagi balg’amli yo’tal, tez yurak urishi va tez nafas olish, lablar va tirnoqlarning siyanozi.
♻️Virusli pnevmoniya: isitma, quruq yo’tal, bosh og’rig’i, mushaklarning og’rig’i, zaiflik, charchoq va qattiq nafas qisilishi bilan tavsiflanadi.
♻️Mikoplazmalardan kelib chiqqan pnevmoniya belgilari ko’pincha bakterial va virusli pnevmoniyaga o’xshaydi, lekin odatda kamroq aniqlanadi.