STOMATITNING SABABLARI

STOMATITNING SABABLARI


Stomatitning asosiy sababi infektsiya: virusli, bakterial yoki zambrug’. Ammo o’z-o’zidan viruslar va bakteriyalar organizm uchun dahshatli emas, kasallik faqat ma’lum sharoitlarda rivojlanadi:


▪️Shilliq pardalarning shikastlanishi: lunjni ichki qismini tishlash, kuyish, qattiq ozuqalar bilan shikastlanishi va boshqalar. Kasallik rivojlanishi uchun infektsiyaning rivojlanishi uchun kichik yara yetarli;

▪️og’iz gigienasiga rioya qilmaslik;

▪️B vitaminlari, sink, foliy kislotasi, temir etishmasligi;

▪️chekish: og’iz bo’shlig’i mikroflorasining nomutanosibligini va issiq tutunning shilliq qavatlarga doimiy salbiy ta’sirini keltirib chiqaradi, bu vaqt o’tishi bilan «chekuvchi stomatit» deb ataladigan holatga olib kelishi mumkin;

▪️So’lakning ajralishini kamayishi: ma’lum dori-darmonlarni qabul qilish, suvsizlanish, stress va bir qator kasalliklar fonida paydo bo’ladi;

▪️tish pastalaridan noto’g’ri foydalanish va tishni tez-tez yuvish

noto’g’ri o’rnatilgan protezlar yoki ularning sifatsizligi;

▪️homiladorlik, menopauza, o’smirlik davrida gormonal darajadagi o’zgarishlar.


❓Stomatitni uy sharoitida davolash mumkinmi?


✔️Og’zingizni sodali eritma bilan yuving. Bu damlama 1 stakan iliq suvga 1 osh qoshiq soda qo’shib tayyorlanadi.


✔️Bir stakan qaynatilgan suvga 15-20 gramm moychechak gulini quyib, bir muddat qaynatib turing. Iliq holatga kelgach, og’iz chayiladi.