Bolalarda spazmofiliya

Patogenetik nuqtai nazardan spazmofiliya va raxit kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishining ikki bosqichi bo’lib, organizmda vitamin D yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov fikriga ko’ra, XX asrning 60-yillarigacha, spazmofiliya 3,7% go’dak yoshidagi bolalarda aniqlangan.
Oxirgi vaqtda raxit kasalligi ko’payganligi sababli bolalarda spazmofiliya ko’p uchramoqda. Talvasa va boshqa spastik kasalliklarni paydo bo’lishiga asab tizimi, asosan asab-mushak apparatining yuqori qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq.
Spazmofiliya rivojlanishiga gipokalsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida yuzaga kelgan ion muvozanatning buzilishi sabab bo’ladi. Fosfor miqdorining ko’payishi va alkaloz oshishi    gipokalsiemiyaga olib keladi. Qonda kalsiy miqdorining kamayishi, uning ionlarining kamayishi bolalarda talvasa rivojlanishiga sabab bo’ladi. Ishqorlarning hujayra ichiga ko’p kirishi ham talvasaga olib keladi (natriy gidrokarbonat, nitratlar). Spazmofiliya ultrabinafsha radiatsiyasi ta’siri bo’lgan qishning oxiri va bahorda paydo bo’ladi, shuningdek, raxitning rekonvalessensiyasi davrida, kalsiy-fosfor almashinuvining yaxshilanishi, qondan kalsiy mobilizasiyasining kuchayishi va uning suyaklarda to’planishi natijasida ro’y beradi. Bir vaqtda qalqonsimon bez oldi funksiyasi pasayadi.
Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi. Bu omillar kislota-asosli holatni alkaloz tomonga siljishiga, qonda ishqoriy holat kalsiy ionizasiyasi kamayishiga olib keladi. Bunday holatlarda kalsiy miqdori kamayishi shart emas, alkaloz nerv-mushak qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi.
Bunga qarama-qarshi metabolik asidoz tetaniyani rivojlanishiga sabab bo’ladi, chunki yuqori рHda kalsiy ionizatsiyasi kuchayadi. Spazmofiliya shuningdek, hujayra tashqarisi suyuqligida magniy yetishmasligi bilan ham bog’liq, kalsiy miqdori normada bo’ladi. Bu holat sut bilan ovqatlantirilganda yoki organizmda magniyni noto’liq so’rilishida, shuningdek magniyning siydik orqali ortiqcha chiqarilib yuborilishida yuz beradi. Normada qon zardobida magniy miqdori 0,8-1,5 mmol/l ni tashhil qiladi, uning miqdorini 0,5 mmol/l ga kamayishi talvasani chaqiradi. Shuningdek, talvasa paydo bo’lishiga vitamin B1 yetishmasligi sabab bo’ladi, raxitda kuzatiladi va spazmofiliyada kuchayadi. Bunda glikolitik zanjirda buzilish paydo bo’ladi, pirouzum kislotasi hosil bo’ladi, talvasa paydo bo’lishiga olib keladi.
 Spazmofiliya yashirin va latent turlariga ajratiladi yoki «yashirin tetaniya» va aniq spazmofiliya deb ataladi. Spazmofiliyaning yashirin shaklida, «yashirin tetaniya», asab-mushak qo’zg’aluvchanligi yuqoriligidan paydo bo’ladi. Ota-onalar shikoyat qilishmaydi, bola normal rivojlanadi, raxit belgilari aniqlanadi. Yashirin
spazmofiliyada ko’p uchraydigan belgilarga Xvostek (yuz fenomeni), Lyust, Trusso, Erba, Maslov simptomlari kiradi.
Xvostek simptomi — bolg′acha bilan yuz nervi shoxchasi orniga, ordak kafti sohasiga, fossae caninae ga urilganda og’iz, burun, koz ichki burchagi
mushaklarining qisqarishini chaqiradi.
Lyust simptomi — (peroneal yoki fibulyar) — kichik boldir nervi, kichik boldir suyagining orqa va pastki sohasiga urilganda, oyoq ustki qismi bukilishi, tashqariga burilishini chaqiradi. Shunga o′xshash ko′rinishni qo’lda ham kuzatish mumkin, tirsak nervi sohasiga bilak suyagi boshchasiga urib ko’rganda kuzatiladi.
Trusso simptomi — yelkani bir necha daqiqaga tasma bilan bosilganda (nerv-tomir tutamiga), qo’l barmoqlarining tirishishi va «akusher qo’li» ko′rinishi yuzaga keladi.
Erba simptomi — galvanik tok ta’sirida nervlar elektr qo’zg’aluvchanligining kuchayishi kuzatiladi. Agar tok kuchi 5mAdan kichik bo’lganda mushaklar qisqarsa, bu yuqori qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Spazmofiliyada u 1-2 mA ga teng bo’ladi.
Maslov simptomi — igna sanchganda bolalar  nafas olishining tezlashishi kuzatiladi. Yashirin spazmofiliyada nafas mushaklarining spazmi natijasida nafas olganda va nafas chiqarganda bir necha daqiqaga to′xtaydi.
Laringospazm. Aniq spazmofiliya simptomlaridan biri laringospazm va yutish mushaklari spazmi hisoblanadi. Ba’zida tinch holatda, ko’pincha zo’riqishda, hayajonlanganda, qo’rquvda yoki yig’laganda nafas olish qiyinlashadi va o’ziga xos shovqinli nafas paydo bo’ladi, nafas bir necha sekundga to′xtashi mumkin. Bola oqarib ketadi, keyin kokaradi, yuzida va tanasida sovuq ter paydo bo’ladi. Xuruj shovqinli nafas chiqarish bilan tugaydi va nafas asta-sekin normallashadi.Laringospazm kun davomida takrorlanishi mumkin. Uzoq spazmda hushini yo’qotish va klonik talvasa kuzatilishi mumkin.
Karpopedal spazm (yaqqol tetaniya). Qo’l va oyog′ mushaklarining ogriqli spazmi. Bunda barmoqlar «akusher qo’li» holatida bo’ladi, shuningdek, oyoq barmoqlari ekvin-varus holatini oladi, oyog′lar kaft qismiga qarab bukiladi, kaftda teri burmalar hosil qiladi. Spazm bir necha sekunddan bir necha minutgacha
davom etadi, ba’zida uzoqroq. Mimik mushaklar (tetanik yuz) zoriqishi, chaynash mushaklarining tortilishi (trizm), bo’yin mushaklari, nafas mushaklari (nafas to’xtashi, ushlanishi) kuzatiladi. Silliq mushaklar spazmi ham kuzatilishi mumkin, yurak to’xtashi bilan, o’lim holati xam kuzatilishi mumkin. Ba’zida karpopedal
spazmlar klonik talvasalar bilan birga keladi.
Eklampsiya. hushni yo’qotish bilan kechuvchi keng tarqalgan talvasa xurujlari. Ba’zida talvasalar og’iz uchida va ko′zda yuz mushaklarining uchishi bilan boshlanadi, oyoqqacha tarqaladi. Xuruj davomiyligi bir necha minutdan bir necha soatgacha (eklamptik status deb yuritiladi). Ba’zida talvasalar uyquda
boshlanadi. Tetaniyasi bor bolalarda xurujlar oraliqida EEGda patologik o’zgarishlar aniqlanmaydi. Mushak spazmlarida EEGda patologik to′lqinlar registrasiya qilinadi, serebral anoksiya va ishemiyada kuzatiladigan o’zgarishlar aniqlanadi. Kalsiy miqdori va EEG ma’lumotlari o’rtasitda aniq o’zaro bog’liqlik
yo’q. Chaqaloqlar tetaniyasi. hayotining birinchi kunida gipokalsiemiya va talvasa holati (chaqaloqlar tetaniyasi) chala tug’ilgan bolalar, egizaklarda, infeksiyalarda, sariqlik sindromida va boshqalarda ko’p uchraydi. Tug’ilgandan keyin kalsiyni organizmga kam tushishi, periferik reseptorlarni o′tuvchi rezistentligi, kalsitonin sekresiyasi yuqoriligi katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi haftasida bolada
gipokalsiemiya ovqatlanish xususiyati, uning organizmga tushishining buzilishi va bolani erta sigir suti bilan boqishga o’tish bilan bog’liq. Kam hollarda chaqaloqlarda gipokalsiemiya ona organizmida kalsiy va vitamin D yetishmasligi natijasida paydo bo’ladi. Chaqaloqlarda gipokalsiemiya nerv-mushaklarning
tarqalgan yuqori qo’zg’aluvchanligi va talvasa, respirator simptomlar, taxikardiya, qayd qilish natijasida yuzaga keladi.
Davosi. Yashirin va aniq spazmofiliyada 10%li kalsiy xlor eritmasi bir choy yoki desert qoshiqdan yoki kalsiy glyukonat 1-2 grdan kuniga 3 mahal tavsiya etiladi. Laringospazmning yengil xurujlari toza havo yordamida bartaraf etiladi (toza havo kirishi ta’minlanadi), yuzga sovuq suv sepiladi; cho’ziluvchan xurujlarda
til o’zagi va tomoq orqa devori qo’zg’atiladi, sun’iy nafas — birinchi nafas olish paydo bo’lgunga qadar o’tkaziladi. Tetaniyada va karpopedal spazmda 1-2%li xloralgidrat eritmasi bir choy qoshiqda yoki desert qoshiqda tavsiya etiladi, vena ichiga 10-15 ml 10% kalsiy xlor yo’ki glyukonat, keyin ichishga kalsiy 0,1-0,15
g/kg sutkada beriladi.
Talvasa xurujlari kuzatilgan bolalarda ovqatlanish tartibini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Talvasa kuzatilgan davrda 8-12 soat davomida parhez choy, meva sharbatlari bilan o’tkaziladi. Keyin ko’krak suti bilan ovqatlanadigan bolalarga sutga nordon aralashmalar qo’shiladi, sun’iy ovqatlantirilganda sigir suti donor (ko’krak suti) va nordon aralashma   bilan  almashtiriladi; meva va sabzavot sharbatlari, sabzavot bo’tqasi tavsiya etiladi.
Profilaktik tadbirlardan raxitni o’z vaqtida oldini olish, kun tartibini to’g’ri tashkillashtirish, toza havoda yetarli sayr qilish, davriy ravishda kalsiy dorilari tavsiya qilinadi. Qishbahor mavsumida yuqori qo’zg’aluvchan va raxit bilan og’rigan bolalarga kalsiy bilan birga bromidlar tavsiya etiladi
Eslatma, yuqoridagi dori preparatlari va ularning dozalari faqat ma’lumot berildi. Qo’llashdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.
©Doctor Muxtorov