⚕ Kasallik: Pnevmoniya
Pnevmoniya ( Zotiljam ) — O’tkir o’pka yallig’lanishi bo’lib nafas yo’llari infeksiyasi alomatlari ( istama, qaltirash, yo’tal, balg’am, ko’krak og’rig’i ) va o’pkada o’tkir infiltrativ o’zgarishlarning rengenologik belgilari bilan namoyon bo’ladi.
🔴 BELGILARI?
🔹 Kuchli titrash va Tana haroratining 39 — 40 °C gacha ko’tarilishi.
🔹 Yo’tal avvaliga quruq bo’ladi, keyinchalik 《Zangsimon 》 yoki yiringli yopishqoq balg’amga aylanadi.
🔹 Nafas olganda o’pkaning kasal tomonida, to’sh ortida og’riq turib, yo’talganda kuchayadi.
🔹Bemor kasallikning eng boshida tez tez nafas oladi, nafasi yuzaki chiqadi, terisining qoplami qizg’ish — Ko’kish tus oladi.
🔹 Ahvoli keskin zayiflashadi, toliqadi, tuni bilan qora terga botib chiqadi.
🔹 Boshi og’riydi, aylanadi, nafas bo’g’iladi, ko’ngli aynidi, qayd qiladi.
‼️ Zotiljamning Eng xavfli Asoratlari:
— Plevrit ( Plevra oralig’i yallig’lanishi, suv yig’ilishi ).
— Plevra empiemasi ( Yiringlashi ).
— O’pka absessi.
💊⚕ ICHILADIGAN DORILAR.
➡️ Odatda shifokor antibiotiklar, yo’tal dorilar, balg’amni ko’chiruvchi va ko’piklantiruvchi vositalarni tayinlaydi.
💊 Антибиотиклар:
🔸 Азитромицин.
🔸 Амоксиклав, Амоксциллин.
🔸 Кларитромицин.
🔸 Левофлоксацин.
🔸 Мидекамицин.
🔸 Рокситромицин.
💊 Балгамни кучирувчи ва купиртирувчи дорилор:
🔵 Ацетилцистеин.
🔵 Амброксол.
🔵 Амбробене.
🔵 Лазолван.
🔵 Бромгексин.
💊 Йутал дорилар:
🔳 Бутамират.
🔳 Гвайфензин.
🔳 Преноксдиазин.
🔳 Глауцин.