Jigarni 6 ta oddiy usullar yordamida tozalashingiz mumkin
1. Bir stakan toza suvga yarimta limon sharbatini qo‘shib iching. Limon sharbati jigardagi toksinlarni chiqaradi.
2. Sarimsoq va piyozni ko‘proq iste’mol qiling.
3. Rastoropsha (oq karrak) damlamachini ichib turing. Rastoropsha tarkibida silimarin mavjud bo‘lib, u nafaqat jigar hujayralarini toksinlardan himoya qiladi, balki glutation (jigardan toksinlarni olib chiqadigan antioksidant)ning parchalanishini oldini oladi.
4. S vitaminiga boy sabzavot va mevalarni iste’mol qiling.
5. Momoqaymoq (oduvanchik) barglarini har qanday shaklda iste’mol qilishingiz (choy, salat, sharbat, sho‘rva va boshqalar) mumkin.
6. Zarcho‘va (kurkuma) tanadagi yallig‘lanishni sekinlashtiradi va jigarni erkin radikallar shikastlashidan himoya qiladi.
©Taomlanish ilmi