Jigarda muammo borligini qanday bilish mumkin?
⚡️ Ko‘ngil aynish va qayt qilish xurujlari, ishtahani yo‘qolishi. Agar jigar normal ishlamasa, yog‘lar hazm bo‘lmaydi, bu esa ko‘ngil aynishiga sabab bo‘ladi.
⚡️ O‘ng qovurg‘a ostida bosuvchi yoki tortuvchi og‘riqlarni bo‘lib turishi.
⚡️ Sariqlik belgilarini paydo bo‘lishi. Odatda teri va ko‘z sklerasi sarg‘ayadi. Bu ayni jigar muammolari belgilaridan biridir.
⚡️ Najas rangi ocharishi, siydik rangi esa to‘qlashishi.
⚡️ Terining sababsiz qichishi.