❓Gaymorit qanday kasallik?
✍️ Ravshanbek UMAROV, oliy toifali shifokor
🔘 Gaymorit — paranazal (burun yon, yuqori jag‘ bo‘shlig‘i) sinus shilliq qavatining juda keng tarqalgan yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, odatda ularda yiringli sekretsiyalar to‘planadi. Gaymorit ko‘pincha kuz-qish davrida, inson tanasi zaiflashganda va kasallikni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalarga qarshi tura olmaganida aniqlanadi.
✅ Bu xastalik asosan o‘smir yoshidagi yigit-qizlarda va 30-50 yosh atrofidagi insonlarda kuzatiladi.
— Ko‘pincha gaymorit takroriy va uzoq muddatli burun oqishi va sovuq qotishdan keyin rivojlanadi. Burun bo‘shlig‘iga kirgan gripp virusi, O‘RVI infeksiyalari, ko‘k yiring tayoqchalari kasallikni qo‘zg‘atadi.
🟣 Shuningdek, burundan nafas olishdagi muammolar, yallig‘langan sinuslar sohasidagi shishlar, hid bilmaslik, uyquning buzilishi, kechasi va ertalab kuchayadigan quruq refleksli yo‘tal, burundan yiring oqishi, doimiy bosh og‘rig‘i hamda tana haroratining ko‘tarilishi ushbu kasallikning asosiy belgilari hisoblanadi.
🔍 Manba