Bekengash ishning pushaymoni ko’p.
Behuda urinsang, poyoni bo’lmas,
O’ylanib qilsang, ziyoni bo’lmas.
Bir kunlik yo’lga chiqsang,
Bir haftalik oziq ol.
Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.
Birovga maslahat qil,
O’z bilganingdan qolma.
Bozor borsang, avval oqshomdan taraddud ko’r
Bo’yga qarab to’n bich.
Yelga qarshi tupunna, o’zingga qaytar.
Yetti o’lchab, bir kes.
Yolg’on gap bo’lsa ham, nishonga tegsin.
Ish avvalini bir o’ylasang,
Oxirini besh o’yla.
Yo’l bilmagan manziliga yetolmas.
Keng bichilgan to’n to’zmas.
Kengash fikr —quyma fikr.
Kengash qilgan el ozmas.
Kecha yotib o’yla,
Erta turib so’yla.
Kun ishini tun o’yla.
Maslahat bilan otgan tosh uzoqqa borar.
Maslahatli osh totli bo’lar.
Maslahatli to’y buzilmas.
Maslahatli to’n tor kelmas.
Maslahatsiz ish — o’rinsiz tashvish.
Maslahatsiz turmush to’ydan keyin buzilar.
Maqsadli bo’lgan yo’l topar.
Mol topguncha, hisob top.
Ot minib yaqinni ko’zlaguncha,
Tuya minib uzoqni ko’zla.
Ot minsang, olisni ko’zla.
Otilgan ovni kuzatma,
Otiladigan ovni kuzat.
Puxtaning ishi besh,
Shoshmaning ishi bo’sh.
Rejali ish — tejamli ish.
Rejali ish buzilmas.
Rejali ish — hamisha besh.
Rejasiz daraxtzor — changalzor.
Rejasiz ish — qolipsiz g’isht.
Tuya mingan uzoqni ko’zlar,
Eshak mingan — yaqinni.
Uydagi narxni bozordagi baho buzar.
Uydagi hisob bozorga to’g’ri kelmas.
Uyning gapi ko’chaga to’g’ri kelmas.
Ulgusiz ish o’ng’almas.
Xon kiyimi ham o’lchab bichilar.
Ertaning rejasini bugun tuz.
O’ylab-o’ylab jo’yak olsang,
O’ynab-o’ynab sug’orasan.
O’ylab qilingan ish bitar,
O’ylamay qilingan ish yitar.
O’ylamagan o’kinar.
O’ylamay uchgan qo’narga tol topmas.
O’ylamay qilingan ish,
Boshga keltirar tashvish.
O’g’il ko’rsang, terak ek.
Qizni beshikka sol,
Sepini sandiqqa sol.
Qish g’amini yozda ye,
U yog’ini o’zing bilasan.
Qovun eksang polizga,
Joy qilib qo’y dahlizga.
Qolipsiz g’isht bitmas,
Rejasiz ish bitmas.
Qulochingga qarab, ketmon chop.
Quruq kuchdan kun o’tmas.
Qush qo’nmasdan ucholmas.
Qo’ling bilan qilar ishni boshing bilan o’yla.
Har bir ishning chamasi bor,
Har daryoning kemasi bor.