Mehr-oqibat va oqibatsizlik haqida maqollar

Aytgan joyga erinma,

Aytmagan joyga ko’rinma.


Bet ko’rgandan hoi so’r.


Bir uy to’la jonsan,

Bir-biringga mehmonsan.


Bola — xizmatda, ota — izzatda.


Bolalilar bosh bo’lar,

Bolasizlar yosh bo’lar.


Borning eshigini el ochar,

Yo’qning tuynugini yel ochar.


Davlat bo’lsa — savlat,

Savlat bo’lsa — hurmat.


Davlat uchun erga tekkandan, yerga teg.


Do’stingga qo’shiq ayt,

Mehringni qo’shib ayt.


Yerni sevmagan o’zini sevmas.


Yodlaganning yori bo’l,

Izlaganning — zori.


Zarraday joydan ko’ngil to’lar,

Zarraday joydan ko’ngil qolar.


Izzat qilsang, hurmat ko’rasan.


Izzatga arzimagan mehmon to’shak bulg’ar.


Ilinganga ilik qo’y.


It izzatni bilmas,

Eshak — tarbiyatni.


It izzatni bilmas,

Ho’kiz — hurmatni.


It egasiga hurmas.


Itning kallasini tovoqqa solsang,

Yumalab ketar.


Yigit mehri — ko’zda.


Yo’l berganga qo’l ber.


Kattani maqta, kichikni saqla.


Kattaga — hurmat,

Kichikka — shafqat.


Kattaga hurmatda bo’l,

Kichikka — izzatda.


Keksaga yo’l ber,

O’zing ham qartayasan.


Kishining hurmati o’z qo’lida.


Kuchuk tomga chiqsa ham,

Egasidan katta bo’lmas.


Ko’z ko’zga tushsa, mehr qo’zg’alar.


Ko’z ko’rganini qilar,

Kosov — tutganini.


Ko’z ko’rmasa, ko’ngil sevmas.


Ko’z qayerda bo’lsa,

Mehr ham o’sha yerda.


Ko’zdan nari — ko’ngildan nari.


Ko’zdan tushgan tildan ham tushar.


Ko’rmagan yot sezilar,

Ko’rishmasang uyat bo’lar.


Ko’rpang qayerda — ko’ngling shu yerda.


Mato dong’i bilan bo’z o’tadi,

Ota dong’i bilan qiz o’tadi.


Meniki deganning mehri issiq.


Mehr bilmas qarindoshdan,

Mehr bilgan yot yaxshi.


Mehr — gul, qahr — tikan.


Mehr xazinasi — til.


Mehri borning sehri bor.


Mehrli odam — sevimli.


Mol egasining ko’zidan suv ichar.


Molga egasining ko’zi dori.


Muruvvat — mehrning tuzog’i.


Mushuk suyganidan o’z bolasini yer.


Odam izzatga semirar.


Odam odam bilan aziz.


Odam quloqdan ozar,

Ko’ngildan semirar.


Odamga e’tibor — olamga e’tibor.


Odamning taftini odam olar.


Odamning yuzi — olmosdan o’tkir.


Odamning yuzi quyoshni ilitar.


Otangni ko’rsang, otdan tush.


Otasi siylamaganni bolasi siylamas.


Och otasini tanimas.


Osh-tovog’ing kerak emas,

Qosh-qovog’ing kerak.


«Seniki — meniki» — ko’ngil torligi.


Sening gaping — sho’rva,

Mening qulog’im — to’rva.


Sigir suv ichganda,

Buzoq muz yalar.


Siylagan siy ko’rar.


Siylagan sig’imli bo’lar.


Siylagani puling bo’lmasa,

Siypagani tiling bor.


Siylamasang siylama, ammo xo’rlama.


Siylangan otning tishiga qaralmas.


Tanigan yerda bo’y siyli,

Tanimagan yerda to’n siyli.


Tanimasni siylamas.


To’ygan yerga to’qqiz kun — ta’zim.


Tor yerda topishgan,

Keng yerda ko’rishar.


Uyga kelganni it qopmas.


Ustoz mehri — ota mehri.


Uyat yuzda bo’lar,

Mehr — ko’zda.


Foydasi yo’q yordan issiq o’choq yaxshi.


Xotin hurmat qilsa, hurmat ko’radi,

Er hurmat qilsa, ne’mat ko’radi.


Egasini siylagan itiga suyak tashlar.


Egasini hurmat qilsang, itini so’kma.


Elda er atansang,

El senga oltin tovoqda osh berar.


Er siylagan yerda aziz.


Yuz arnri — shirin.


Yuz-yuzga tushar,

Mehr — ko’zga.


Yuz — yuzning hurmati.


Yuzi yo’qning ko’zi yo’q.


Yalang’ochni hech kim siylamas.


Yaxshiga bersang oshingni,

Yaxshilar silar boshingni.


Yomonga bersang oshingni,

Itga tashlar boshingni.


O’z aybingni ochsang,

Elning mehri qochar.


O’zingdan zo’rlar chiqsa,

Ko’zingdan sho’rlar chiqar.


O’zini bilgan o’zgani ham bilar.


Qari-qari demangiz,

Qarini quruq qo’ymangiz.


Qo’shni oshi qorin to’ydirmas,

Mehr-u oqibatni oshirar.


Har kim — siylaganning quli.


Hurmat — bitmas boylik.


Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan.