Ushbu kosmik hodisada Oy 14% kattaroq, 30 % yorqinroq ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga sabab oy to‘linishi yoki kamayishida Oyning Yerga yaqinlashishi jarayonida sodir bo‘ladi. «Superoylanish” (supermoon) atamasini 1979 yil Richard Nolle jurnaldagi maqola uchun o‘ylab topgan bo‘lib, bu orqali Oy-Er tizimi ta’siridagi Yer ustidagi katta bo‘lmagan gravitatsiyani ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. Bunday davrda katta vulqon otilishi, suv toshqini, yer qa’ri siljishi, yer qimirlashi va sunami kabi tabiat ofatlari kelib chiqishi ham mumkin kabi deya ta’kidlaydi atama muallifi. Superoylanish har yili bo‘lmaydi, lekin bir yilda bir necha marotaba bo‘lib o‘tishi ham mumkin deydi.