9-iyul Chikago shahrida «Chikago ta’mi» festevali kuni
9-iyul Chikago shahrida «Chikago ta’mi» festevali kuni
Ushbu festival har xil iyul oyda Chikago shahrida o’tkazilib kelinadi. An’anaviy ovqatlar va musiqa bayrami 5 kun davom etadi. An’anaviy festival o’tkazish 1980-yildan boshlangan. Bu bayram AQSH mustaqillik kunida ham shahar hokimligi tomonidan o’tkaziladi. Shundan so’ng ushbu festival yil sayin o’sib bormoqda. Bugun «Chikago ta’mi”- bu xalqaro mahalliy hodisa, mazali taomlarni xush ko’ruvchi millionlab insonlarni o’ziga jalb qilmoqda. Festival ishtirokchilari- Chikago, Nyu-York, Los-Andjeles va boshqa shaharlar restoranlar biznesining vakillari hisoblanishadi. Festival mehmonlari an’anaviy faqatgina amerikaliklar emas, balkim ko’p sonly chet elliklar ham tashrif buyrishmoqda. Festival Chikagonng Grant Park markazida ochiq osmon ostida o’tkaziladi. Parkning asosiy qismi har xil palatkalar bilan o’rab olinadi. Ushbu palatkalarda har xil taomlarni ta’tib ko’rishlari mumkin. Taom turlari ximla-xil. Har kuni shaharning 70 dan ortiq restoranlari o’zlarining noana’naviy retseptla, eng yaxshi taomlarni taklif qilishadi. Festival mehmonlari birinchi o’rinda Amerika oshxonasi taomlari bilan tanshishadi. Chikago restoranlari va kafelari taomnomasi orqali Karri, Guakamoli, Pissa, Chikago hot-dogi, Chikago berbekyusi, cChizkeys Ellis, morojniy va turli desertlarni ta’tib ko’rishlari mumkin. Shu bilan birga dunyo xalqlari milliy taomlari Italyan, Meksika, Irlandiya, Fransiya, Afrika, Xitoy taomlari ham tortiladi. Meva va sabzavotlardan ham eng yaxshi bosh-oshpazlar tomondan tayyorlangan taomlarni ham go’shtni xush ko’rmaydigan iste’mol qilishlari mumkin. Festivalda taomlarni tayyorlashni ham o’rganish mumkin. Asosiy sahnada mashhur artistlar chiqishlar qiladilar. Festival faqatgina taomlarni ta’tib ko’rish bilan cheklanib qolmaydi va har xil madaniy tadbirlar o’tkaziladi. Oilaviy zavq olish uchun har xil o’yinlar, musobaqalar, qo’shiqlar aytish, raqsga tushish, karusellar, arg’imchoqlar va quvnoq masxarabozlarni ham ko’rishingiz mumkin.