1985-yil 27-iyundan boshlab, har yili 27-iyun dunyo miqyosidagi baliqchilik kuni nishonlanadi. Bayram baliqchilikni tartibga solish va rivojlantirish bo’yicha Xalqaro Konferensiyasi tomonidan 1984-yili iyuldagi Rimda o’tgan yig’ilishida o’rnatilgan. Baliq ovi odamzodning eng ommaviy zavqi. Kim biror marta suv havzasida qarmok bilan turib, tozalikdan roxatlangan bo’lsa, hech narsaga teng kelmaydigan tabiatdan hursandchilik bilan o’zining hayotidagi birinchi baliqni ushlagan bo’lsa, o’sha kunni hech qachon unutmaydi. Baliq ovlash jarayoni shunchalik zavqliki, vaqti kelib boshlovchi ovchilarning kuchli his-tuyg’usiga aylanadi. Axir faqat haqiqatdan zavqqa berilgan odamlar baliqning qarmoqqa ilina boshlashini sezish yoki ko’rish uchun uzoq joylarga borib, soatlab yomg’ir tagida ivib turishi yoki sovuqda muzlab turishi mumkin. Baliqchilik kunida ko’p mamlakatlarda baliq ovi musobaqalari, har xil o’rgatuvchi seminarlar o’tkazilmoqda. Tadbirlarda katta stajli baliqchilarni va boshlayotgan ishqibozlarlarni to’playaptilar. So’nggi yillarda qatnashchilar o’rtasida ayollarni ham ko’rib qolish mumkin.