Har yili 25-iyunda «Dengizchilar kuni” ni nishonlash 2010-yildan boshlangan. BMT ga tegishli halqaro dengizchilar tashkiloti a’zolari Manilada o‘tkazilgan konferensiyaning 19 — rezolyutsiyasiga imzoladilar. Rezolyutsiyaning natijasida kelib chiqib «Dengizchiliar kuni” kasbiy bayram sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Rezolyutsiyada dengiz kasbi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha insonlarga zarur deb topildi, chunki halqaro savdo, iqtisod va fuqarolar jamiyatining rivojlanishida dengizchilarning hissalari juda katta. Bu millionlab o‘zlarini ummon xayotiga bag‘ishlagan professional dengizchilarga tegishlidir. Bu bayram ayniqsa savdo sotiq flotiga tegishlidir. Jahon savdosining 80 foizini savdo floti dengizchilari orqali amalga oshiriladi. Hattoki Amerikada Savdo floti dengizchisiga atab xaykal ham o‘rnatilgan. Bu bayramda nafaqat dengizchilarni tabriklash, balki dengiz flotda uchrab turadigan muammolar kamchiliklar muhokama qilinadi. Halqaro darajadagi muammolardan biri, dengiz qaroqchilarining xujumidir. Qarqchilikka qarshi kurashning halqaro normalari «Ochiq dengiz to‘g‘risida”gi Jeneva konvensiyasida (1958-yil) va BMT ning «Dengiz huquqi” konvensiyasida (1982-yil) kolifikatsiyalangan.