24-iyun Peruda Indeyslar kuni

 Indeyslar kuni mashhur quruvchilar va jasorat ko‘rsatgan harbiylardan meros bo‘lib qolgan va har yili nishonlanadi. Eng qadimiy buyuk indeyslar davlati — Inklar imperiyasi hozirgi Peru davlatining maydonida joylashgan bo‘lgan. Har yili 24-iyunda Peruda nishonlanadigan «Indeyslar kuni”ni o‘tkazishdan maqsad buyuk xalqning qadimiy urf — odatlarini, madaniyatini saqlab qolishdan iboratdir. Peruning sharqiy yomg‘irlik o‘rmonlarida yuzga yaqin Indeyslarning qabilasi yashaydi. Bu qabila mamlakat aholisidan ajralgan holda o‘zining mahalliy shevasida so‘zlashadi va ov qilish orqali kun kechiradi. Mahalliy aholining bir qismini «kechua” va «aymar” tilida so‘zlashadigan indeyslar tashkil etadi. Ulardan ko‘plari mamlakat poytaxti Lemuga, bir qismi esa shaharning  dengiz sohillarga ko‘chib o‘tishgan. Ammo aholining asosiy qismi Andada yashamoqda va dehqonchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanib kelmoqda.  Bayramda indeyslar qabilasi Lotin Amerikasi xalqlarining milliy liboslarini kiyib Titikaka ko‘lining sohiliga  tushib bayramni nishonlashadi. Ular o‘tgan avlodlarini eslashib, indeyslarning ulug‘ ilohiy kuchlaridan iltifot, yaxshilik, rahm — shavqat so‘rashadi.