Ushbu kun olimpiya o’yinlarini tiklash g’oyasi qo’llab-quvvatlangan edi. Har yili 23-iyun dunyo bo’yicha xalqaro Olimpiya kuni nishonlanadi (International Olympic Day), olimpiya harakatlari uning zamonaviy ko’rinishda tiklanishini xotirada saqlash uchun. Butun dunyo buyicha olimpiya harakatiga bag’ishlangan maxsus bayram kuni o’rnatish haqidagi g’oya birinchi marta 1947-yilda (MOK) Stokgolmdagi 41-sessiyasida e’lon qilindi, va bir yil o’tgach xalqaro olimpiya qo’mitasining Sankt-Moritsdagi 42-sessiyada rasman qabul qilindi. Aynan 23-iyun tanlanish tarixi quyidagicha. 1894-yil Parijda jismoniy tarbiya masalalari bo’yicha Xalqaro Kongress bo’lib o’tgan. Unda 12 davlat vakillari qatnashgan. 23-iyun kuni olimpiya o’yinlarini tiklash tashabbuskori baron Pyer de Kuberten o’zining ma’ruzasini taqdim etdi. Ma’ruzada u o’zi ishlab chiqqan olimpiya o’yinlari tashkiliy asoslari bilan yig’ilganlarni tanishtirdi. Kongress baron Pyer de Kubertenning qadimgi grek olimpiadalari an’ananisini tiklash va har to’rt yilda «hamma xalqlarni qatnashishga taklif qilib musobaqa o’yinlarini” o’tkazish taklifini ma’qulladi. Xuddi ushbu tarixiy sana xalqaro olimpiya kunini bayram qilish uchun tanlangan, bundan maqsad: dunyoda sportni targ’ib qilish va sport harakatiga hamma xohlaydiganlarni yoshidan, jinsidan, sport malakalari va qobiliyatlaridan qat’iy nazar, jalb qilish. Pyer de Kuberten hozrgi zamon olimpiya o’yinlarining asoschisi. Zamonaviy Birinchi Olimpiya o’yinlari 1896-yilda Gretsiyada bo’lib o’tdi. Unda 14 mamlakatdan 241 sportchi qatnashdi va sportning 9 turida medallar uchun musobaqalashishdi. 2004-yilda Gretsiyada o’tkazilgan o’yinlarda 202 mamlakatdan 15 mingdan ortiq sportchi va rasmiy vakillar qatnashdi. Medallar uchun sportning 28 turida musobaqa o’tkazildi. Olimpiada xaritasida shunday yozilgan: Olimpiya harakti yoshlarni sport yordamida eng yaxshi hamfikrlik va do’stlik ruhida tarbiyalab, yanada tinchroq va yaxshiroq dunyoni yaratishga xizmat qiladi. Eng mashxur sportchilar o’zining sportda erishgan mavqeni, u qanchalik muvaffaqiyatli bo’lmasin, Olimpiyada medallarisiz barkamol deb hisoblashmaydi. Va shubhasiz Olimpiya chempionlari har bir mamlakatning g’ururi. Olimpiya kunida bo’lsa milliy olimpiya qo’mitalari kuchlari bilan turli yurtlarda sportni ommalashtirishga mo’ljallangan chora-tadbirlar o’tkazilmoqda, ulardan eng mashhuri — ommaviy yugurish (qatnashchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab turli masofalarga), hamda — har xil madaniy va manaviy chora-tadbirlar — sport seminarlari, bolalar uchun Olimpiya darslari, professional sportchilar va olimpiyada chempionlari bilan uchrashuvlar, ko’rgazmalar, konsertlar, sport shou-dasturlari. Ushbu tadbirlar asosiy mo’ljali olimpiya qadriyatlarini va ideallarini olg’a siljish, olimpiya harakatlari va umuman sportni ommalashtirish, odamlarni doimiy jismoniy mashg’ulotlarga jalb qilish, sport va sog’lom turmush tarziga chaqirish.