Yozgi quyosh turishi — qoq peshinda, Quyosh ufqdan eng baland turgan paytdagi ekliptika (quyoshning yillik ko‘rinma yo‘li)ga tegishli nuqta. Egizaklar yulduz turkumida bo‘ladi. Quyosh bu nuqtadan 21-22-iyun kuni o‘tadi. Quyosh turishi paytlariga yaqin kunlarda Quyosh ekvatorga deyarli parallel ko‘rinma harakatlanadi, natijada Quyoshning tush paytidagi balandligi deyarli o‘zgarmaydi. Tropik yil (365,2422 kun) bilan kalendar yil (365 yoki 366 kun) teng bo‘lmaganligi sababli Quyosh turishi kalendar sutkaning boshlanishiga nisbatan turli vaqtlarga mos keladi, oddiy yillarda 5 soat 48 min. 46sek.kechroq yoki kabisa yilida 18 soat 11 min. sek. oldinroq kelishi mumkin.Hozirgi vaqtda yozgi Quyosh turishi nuqtasidan kalendar yilning 21 yoki 22 dekabrda(astranomik yoz boshlanadi) o‘tadi. Shimoliy yarim sharda yozgi Quyosh turishi nuqtasida bo‘lganida, kunduzning davomiyligi eng uzoq, qishki Quyosh turishi nuqtasida bo‘lganida eng kalta, janubiy yarim sharda esa shu kunlari aksincha bo‘ladi.