20-iyun Butun dunyo hayvonot bog’lardagi fillarni himoya qilish kuni
20-iyun Butun dunyo hayvonot bog’lardagi fillarni himoya qilish kuni
Fillar hozirgi zamonning eng ulug’vor hayvonlari. Bugun himoyachilar diqqatni fillarning muammolariga o’girishga chaqirishmoqda. Birinchi marta hayvonot bog’lardagi fillarni himoya qilish butun dunyo kuni (International Day of Action for Elephants in Zoos, IDAEZ) 2009-yilda o’utkazilgan edi, o’sha vaqtda harakat faollari o’zlarining asosiy vazifalarini belgilab olishdi, eng asosiysi — dunyodagi hamma fillarni tutkunlikdan ozod qilish. Fillar — quruqlikda yashovchi juda yirik sutemizuvchilar, ular ochiq kengliklarda yashash uchun yaratilganlar. Bu yuksak rivojlangan hayvonlar yaqin aloqali katta oilaga birlashadilar. Hatto katta masofada ham bir-birlari bilan aloqada bo’la oladilar. Bir kunda ular sahro, daryolar, o’rmon va savannalardan bardosh bilan bir necha kilometr o’tadi. Tutqunlikda ular bundan mahrum qilingan bo’ladilar, va faqkatgina odamlar o’z ko’zlari bilan bu yirik hayvonlarni ko’rganidan mamnun bo’lishi uchun tutqunlikhayoti bilan yashashyapti. Bundan tashqari, fillar urgatuvchilikning shafqatsiz uslublaridan ko’pincha azob chekayaptilar. Fillarni himoya qkilish butun dunyo kunida himoyachilar hayvonot bog’larida turli-tuman tushuntirish tadbirlari tashkil qiladilar — odamlarga fillar to’g’risida ma’lumot beradilar, ularning tabiatda odat bo’lib qolgan hayot tarzi to’g’risida, tutqunlikda ularga qanday og’ir ekanligi haqida hikoya qiladilar. Qo’shma shtatlarda Amerikada bir qancha yil o’tkazilgan ushbu aksiyalar birinchi natijalar berdi. AQSh dagi 20 ga yaqin hayvonot bog’lari fillar saklanadigan pavilonlarni yopdilar yoki yopishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar; 11 hayvonot bog’lari 14 filni ataylab ular uchun yaratilgan tabiatqo’riqxonalariga ko’chirdi. Hayvonot bog’lardagi fillarni himoya qilish butun dunyo kuni rasmiy sanaga kirmaydi. Biroq uni tashabbuskorlari BMTda rasman tan oldirishga tayyorgarlik ko’rmoqdalar. Takidlash kerakki 20-iyunda butun dunyo fillar kuni o’tkaziladi. Bu kun faqat tutqunlikdagi fillar emas, barcha fillar kunidir.