19-iyun Buyuk grek olimi Eratosfen Kirenskiy (eramizdan oldingi 276-194-yillar) nomi bilan bog‘liq esda qolarli geografik kun
Yozgi eng uzun kunlar vaqtida turli shaharlardagi quduqlar tubini kuzatgan olim shuni aniqladiki: bir shaharda (Siyene) quduq tubiga quyosh nuri tushayapti, Aleksandriyada esa xuddi shu vaqtda — yo‘q. Eratosfen Kirenskiy bu faktni Yerning radiusi va aylanasini o‘lchashda ishlatishga qaror qildi. Eramizdan avvlgi 240-yil 19-iyunda quyosh tikkaga kelgan vaqtda Siyen va Aleksandriya shaharlarida uzun ninasifat tayoqchali skafislar (kosaga o‘xshash quyosh soati) o‘rnatib u Quyosh osmonda qanday burchak ostida turganini o‘lchadi. Burchakni o‘lchagandan keyin shaharlar orasidagi masofani bilgan holda oddiy formula bilan radiusni hisobladi. Burchak kattaligi 7 gradus 12 minut, ya’ni Yer aylanasiga 1/50 teng bo‘ldi. Demak, Siyen Aleksandriyadan Yer aylanasining 1/50 qismi masofasida ekan. U vaqtda bu shaharlar orasidagi masofa 5,000 stadiyaga teng hisoblanardi,bundan kelib chiqadiki Yer aylanasi 250,000 stadiyaga teng, radiusi bo‘lsa 39,790 stadiyani tashkil etadi. Eratosfen qaysi stadiyani ishlatgani noma’lum.Agar greklarniki bo‘lsa (178 metr), Yer radiusi 7,082 km, agar misrliklarniki bo‘lsa unda 6,287 km. Zamonaviy o‘lchashlar Yer radiusining o‘rtacha kattaligini 6,371 km deb berishadi. Har qalay eramizdan oldingi vaqtlar uchun bu aniqlik xayratga loyiq!