2011-yildan Moldovada yangi kasbiy bayram tarixchilar kuni nishonlana boshlandi. Bu bayramni nishonlashni Moldova fanlar Akademiyasi va Moldova Respublikasi tarixchilar Assotsiatsiyasi tashabbus bilan chiqdilar. 2011-yil 8-iyunda Moldova hukumati tomonidan bayramni nishonlash qabul qilinib, har yili 18-iyunda nishonlanadi. Bu kun Moldova Respublikasi tarixchilar uyushmasi uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki 1989 yil 18-iyunda Moldova tarixchilar assotsiatsiasi tashkil qilingan. U 20 yil davomida Respublika tarixchilarining ishlarini koordinatsiya qilish va rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Moldovada juda ko‘p tarixiy yodgorliklar: moldova o‘rta asrlar Xotin qal’asi, Soroka, Tigina, Oq Qal’alar davlat mudofaa sistemasini tartibga solishda muhim ob’yekt bo‘lib xizmat qilgan. Keprin, Rud, Xirbovets, Kurk monastirlari moldovani eng qadimgi monastirlaridan hisoblanadi; XIII-XIV asr tarixiga oid qoyalarda joylashgan monastirlar ham qadimgi arxitektura yodgorliklardan biri hisoblanadi.