15-iyun bizning sayyorada dunyo miqyosidagi shamol kuni (GlobalWind Day) nishonlanadi. Bir qarashda g’aroyib bo’lib tuyuladigan bu bayramning tashabbuskorlari Shamolenergetiksi Yevropa uyushmasi va Xalkaro Shamol energiyasi Kengashi bo’lgan. Uni o‘tkazishdan maqsad — jamoatchilik diqqatini (birinchi navbatda, turli mamlakatlar energetika majmualarning vakillarining) shamol energiyasining ulkan imkoniyatlariga qaratish. Ekspertlar fikriga ko‘ra, shamol energetikasining rivojlanishi na faqat energetik, balki iqtisodiy, hamda ekologik bir qator muammolarning hal qilinishiga olib keladi. Xususan, bu yo‘nalishda ishlarning faol olib borilishi energetikaga har yili qo’yilayotgan ulkan miqdordagi pullarning qisqarishiga olib boradi. Natijada, yonilg‘i qazilma manba’larining cheklanganligi muammosi dolzarbligi kamayadi, dunyo hamjamiyati dunyo miqyosidagi iqlim o‘zgarish bo‘hronini yenga oladi. «Kelajak shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalarniki!», — deyishmoqda ekspertlar. Ko‘p mamlakatlar buni allaqachon tushunishgan. Ishonmovchilarning «shamolni qo‘lga o‘rgatish» kelajagi yuk dargumon ish degan shubxalariga qaramay, shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) bugun dunyoning 80 mamlakatida muvoffaqiyat bilan ishlayapti, shamol energiyasini ishlab chiqarishda minglab odamlar qatnashayapti. Ishga tushirilgan shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi uskunalar (VEU) quvvati bo‘yicha Xitoy, AQSH, Germaniya va Ispaniya dunyoda oldinda borishmoqda. Dunyo miqyosidagi shamol kuni tashkilotchilari ta’kidlaydiki, bayramning asosiy masalalaridan biri bu keng jamoatchilikni shamol energetikasi bilan tanishtirish, shamol quvvati hosil bo’lishini odamlarga amalda ko‘rsatish. 15-iyunda dunyoning ko‘p mamlakatlarida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda, aholini shamol energiyasi stansiyalariga olib borish, mutaxassislar bilan uchrashuvlar, «shamol — muqobil energiya manbai » mavzusida ma’ruzalar va seminarlar o’tkaziladi. Birinchi marta shamol kuni Yevropada 2007-yilda nishonlandi. 2009-yilda u dunyo miqyosidagi maqomini oldi, bayramni nishonlashga 30 dan ortiqroq mamlakatlar qo‘shilishdi. Yildan yilga ularning soni oshib bormoqda.